Turizm

Yozni soz oʻtkazmoqchimisiz: unda Oʻzbekistonga marhamat

© OLGA NEDBAYAVA / AFPTurizm v drevnem uzbekskom gorode Samarkande
Turizm v drevnem uzbekskom gorode Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Agar dengiz plyajlari va Yevropa shaharlaridan zerikkan boʻlsangiz, Janubi Sharqiy Osiyo mamlakatlarida ham bir sidra boʻlib qaytgan boʻlsangiz, u holda Oʻzbekistonga marhamat qiling

TOSHKENT, 14 iyun — Sputnik. Bu yerda hamma narsa bor: mazali taomlar ham, goʻzal va qadimiy shaharlar ham, maftunkor tabiat ham — bularning baridan bahramand boʻlish uchun koʻp pulingiz ham ketmaydi, vizaning keragi yoʻq, til borasida ham toʻsiqqa duch kelmaysiz.

Oʻzbekiston Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afgʻoniston bilan chegaradosh. Soʻnggi mamlakat bilan chegaradoshligidan choʻchishingizga hojat yoʻq — Oʻzbekiston dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlardan biri, chegaralar esa hushyorlik bilan qoʻriqlanadi.

Mamlakatda 31 million aholi yashaydi, davlat tili oʻzbek tili, rus tili xalqaro soʻzlashuv tili hisoblanadi. Rasmiy valyutasi — soʻm. Valyuta kursi har hafta Markaziy bank tomonidan belgilanadi.

Valyuta borasida oʻziga xos jihatlar bor. Birinchisi — naqd pulsiz toʻlov — hamma joyda ham kartochka orqali toʻlovni amalga oshirishning imkoni yoʻq. Ikkinchisi — bu yerda ikkita — rasmiy va "qora bozor" valyuta kursi mavjud.

Rasmiy kurs "qora" kursga nisbatan ikki baravar arzon. Turistlar valyutalarini aeroport, mehmonxona yoki bankda almashtirib olishgani maʼqul. Bozorda valyuta almashtirish noxushliklarga olib kelishi mumkin — qonun boʻyicha bu taqiqlangan va jazo belgilangan.

Qishi yumshoq va unchalik sovuq emas: dekabrda mamlakat shimolida oʻrtacha harorat —8 daraja, janubda- 0 daraja. Yozda esa harorat 30 darajadan yuqori boʻladi.

Sayohat uchun eng yaxshi payt martdan maygacha va avgustdan noyabrgacha — havo juda yaxshi boʻladi.

Toshkentga yoʻl

Rossiya shaharlaridan Oʻzbekistonning deyarli barcha shaharlariga toʻgʻridan toʻgʻri reyslar bor. Borish-kelish chiptasi uchun oʻrtacha 400-550 dollar ketadi.

Moskvadan Toshkentga poyezd qatnaydi- kupeda 65 soat safar qilish taxminan 300 dollarga tushadi. Avtomobilda ham borish mumkin — Toshkentgacha masofa uch ming kilometr, yoʻl-yoʻlakay Qozogʻistonni ham tomosha qilib ketasiz.

Shaharlar orasida tezyurar poyezdlar qatnaydi (yoʻlkira 10-25 dollargacha) yoki taksida borish mumkin (10-50 dollargacha).

Yotoq va yeyish-ichish xarajatlari

Restoranda toʻlaqonli tushlik yoki kechki ovqat bir kishiga 10 dollarga tushadi. Kafe yoki oshxonada ovqatlanish arzon — 1,5-2 dollar. Bundan tashqari, bozorlarda ham somsa, issiq non yoki palov sotib olish mumkin.

Mahalliy alkogol ichimliklardan vinoga eʼtibor qaratgan maʼqul — mamlakatda oʻtkir alkogolli ichimliklarga talab unchalik yuqori boʻlmagani sababli ularning sifati juda zoʻrmas. Sigaret gʻamlab olishga hojat yoʻq — bu yerda sigaret Rossiyadagiga nisbatan arzon.

© Sputnik / /StringerToshkentdagi Oloy bozori
Torgovыe ryadы na Alayskom rыnke v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentdagi Oloy bozori

Mahsulotlarni bozordan sotib olgan yaxshi — narxlar arzon, buning ustiga savdolashish ham mumkin. Magazinlarning yaxshi tarafi — plastik karta orqali toʻlash mumkin.

Yotoqni Booking, Tripadvisor, Hostelworld yoki Ostrovok saytlari orqali topish mumkin. Bir sutka uchun ikki kishiga yotoq narxi 100-120 dollarga boradi. Xostellar arzonroq —20 dollargacha.

Airbnb orqali alohida xona yoki kvartira ijaraga olish mumkin. Toshkent markazida bir xonali kvartira ijarasi bir sutka uchun 30-50 dollar turadi. Mahalliy eʼlonlar saytlaridan foydalanish ham mumkin — masalan OLX.Uzdan.

Qayerlarni tomosha qilish mumkin

Birinchi variant- bu tarixiy turizm. Toshkent, Samarqand va Buxoroni besh kun ichida tomosha qilish mumkin. Bunday turlar bir kishi uchun 300 dollarga tushadi.
Vaqtingiz bemalol boʻlsa, Xiva va Urganchni ham qoʻshishingiz mumkin — beshta shaharga sayohat 8 kunga choʻziladi va 500 dollarcha pulingiz ketadi.

Ikkinchi variant — gastronomik turizm. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Urganch va Xivada milliy taomlarni totib koʻrish bilan oʻtadigan bir haftalik sayohat 700 dollarga tushadi.

© Sputnik / Oksana Dzadan Oʻzbek palovi
Otkrыtiye uzbekskogo shou-ruma Moel Bosh v Rige - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbek palovi

Bulardan tashqari, oʻzingiz istagandek sayohat qilishingiz ham mumkin.

Suvenir sifatida sopol haykalchalar, paxtadan tikilgan liboslar, chinni buyumlar va gilamlarga eʼtibor qaratishni maslahat beramiz.

© Sputnik / StringerSopol idishlar
Keramika na vыstavke Kogda tsvetet granat... - Sputnik Oʻzbekiston
Sopol idishlar

Unutmang, Oʻzbekistonda savdolashish mumkin va aytilganidan koʻra anchagina arzon narxga xarid qilish imkoniyati bor.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala