Kamilov Turkmaniston TIV rahbari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya yuqori darajadagi “Markaziy Osiyo – BMT” muloqotida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga bordi

TOShKENT, 14-iyun — Sputnik. 2017-yil 13-iyun kuni yuqori darajadagi "Markaziy Osiyo — BMT" muloqotida ishtirok etish uchun Ashxobod shahriga borgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov bilan uchrashdi. Bu haqda TIVning matbuot xizmati axborot berdi.

Shavkat Mirziyoyev i Gurbanguli Berdimuxamedov v Turkmenistane - Sputnik O‘zbekiston
Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida Strategik hamkorlik to‘g‘risida shartnoma bo‘yicha qonun imzolandi

Tomonlar shu yilning mart va may oylarida oliy darajadagi O‘zbekiston-Turkmaniston muzokaralari davomida erishilgan kelishuvlar ijrosining amaliy jihatlarini muhokama qilishdi.

TIVning xabariga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston va Turkmanistonning xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorligi hamda tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, yuqori darajadagi "Markaziy Osiyo — BMT" muloqot BMT Bosh kotibi Antoniu Guterresh raisligida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston TIV rahbarlari ishtirok etdilar. Tomonlar BMTning Global aksilterror strategiyasini Markaziy Osiyoda amalga oshirish masalalari va boshqa dolzarb mavzular yuzasidan fikr almashdilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0