Iqtisod

Oʻzbekkoʻmir rahbariga hayfsan berildi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Fotobankka oʻtishShaxter pokazыvayet ugol. Arxivnoye foto
Shaxter pokazыvayet ugol. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
2017 yil 13 iyun kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Oʻzbekkoʻmir" OAJ bosh direktori Shuxrat Pulatovga hayfsan eʼlon qildi hamda 2021 yilga qadar koʻmir sanoatini yanada rivojlantirish dasturini tasdiqladi

TOSHKENT, 15 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda koʻmir sanoatida "Oʻzbekkoʻmir" aktsiyadorlik jamiyati faoliyatida aniqlangan jiddiy kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida prezident tegishli qaror qabul qildi. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri xabar berdi.

Otgruzka uglya v vagonы na shaxte - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekistonda yangi koʻmir konlari qurilishi boshlanadi

Asosiy kamchiliklar: moddiy-texnika jihozlaridan samarali foydalanmaslik, koʻmir ishlab chiqarish intizomi boʻshligi, ish samaradorligini oshirish va ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirishda jiddiy oqsoqliklar mavjud.

Mutaxassislar fikricha, oxirgi besh yil ichida ushbu tarmoqda koʻrsatkichlar sezilarli kamayib ketdi. Masalan, koʻmir kon yuzasini ochish ishlari 128,9 mln kub metrga kamayib ketdi, koʻmir qazib olish 4 mln tonnadan ortiq va kaolin 320,5 ming tonnaga kamayib ketdi.

Davlat rahbari nafaqat koʻmir sanoatini yanada rivojlantirish boʻyicha yangi dastur qabul qildi, balki 2013 — 2018 yillar davrida koʻmir sanoati korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda uni muvozanatli rivojlantirish dasturini oʻz vaqtida va sifatli bajarishni taʼminlamaganligi uchun "Oʻzbekoʻmir" bosh direktori Shuxrat Pulatovga hayfsan intizomiy jazo chorasini eʼlon qildi. 

Bundan tashqari, Mirziyoyev shu yil avgust oyi yakuniga qadar kelgusi 5 yil uchun koʻmir kon yuzasini ochish va koʻmir qazib olish ishlarining prognoz parametrlarini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar hamda har bir ustuvor investitsiya loyihalar boʻyicha aniq "yoʻl harita" dasturlarini ishlab chiqish boʻyicha topshiriq berdi.

Rabochiy vraщayet ventil - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Tabiiy gaz koʻp, neft kam: VR Oʻzbekistonda uglevodorodlar qazib olish haqida

Qarorda "Angren" va "Nish-Bash" koʻmir kon shaxtalarini qurish boʻyicha investitsion loyihalarini amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Mazkur loyihalarning umumiy qiymati 340 mln dollardan ortiq mablagʻni tashkil etmoqda. Loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy moliyaviy institutlari va hukumat moliyaviy korxonalarining investitsiyalarini jalb etish boʻyicha ishlarni jadallashtirish zarur boʻladi.

Koʻmir sanoatining rivojlantirish maqsadida 2021 yil 31 dekabrga qadar respublikada mavjud boʻlmagan chetdan olib kelinadigan kon transporti, texnologik asbob-uskunalar, avtotransport, ehtiyot qismlar va materiallar, dasturiy taʼminot, texnik va loyiha hujjatlari bojxona toʻlovlardan ozod etildi.

Koʻmir sanoati uchun yetakchi kadrlarni salohiyatini mustahkamlash masalalari ham dasturda alohida oʻrin oldi. Masalan, avgust oyi yakuniga qadar Oliy va oʻrta taʼlim vazirligi boshqa tegishli tarmoq idoralari bilan hamkorlikda koʻmir sohasiga zarur boʻlgan yoʻnalishlar va mutaxassisliklar (oliygohlar va kollejlar koʻrsatilgan holda) roʻyxatini tayyorlash boʻyicha topshiriqlar berdi. Shuningdek, xorijiy mamlakatlar eng zamonaviy talablar va ularning tajribalari asosida tinglovchilarni oʻqitish standartlarini, oʻquv rejalarni va dasturlarni qayta koʻrib chiqish va takomillashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Yana bir muhim jihat shuki, "Oʻzbekkoʻmir" tarkibidagi korxonalari va tashkilotlariga taʼlim muassasalari bitiruvchilari tanlangan qasbi va mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirilishiga oliygohlar rahbarlarining nazorat qilish va masʼuliyati oshirish mexanizmi joriy etiladi.

Eslatib oʻtamiz, 2016 yil koʻrsatkichlariga koʻra, koʻmir kon yuzasini ochish ishlari 20,9 mln kub metrni tashkil etdi. 2012 yilda bu koʻrsatkich esa 14,2 mln kub metr boʻlgan. Koʻmir qazib olish hajmi 125 ming tonnaga koʻpaydi. Koʻmir mahsulotlarni koʻpayish hajmi 11,2 % ga yetdi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala