Jamiyat

FVV aholini kuchli shamol boʻlishi mumkinligidan ogohlantirmoqda

Shamol kuchayishi daraxtlarning qulashiga va elektr uzatish liniyalarining uzilishiga olib kelishi mumkin

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi dam olish kunlari kuchli shamol esishi mumkinligini maʼlum qildi.

Xabarda bildirilishicha, dam olish kunlari respublikaning ayrim hududlarida havo harorati +42 darajagacha koʻtarilishi mumkin.

Jara v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Jazirama yoz: Oʻzbekistonda havo harorati 42 darajaga chiqishi kutilmoqda

Togʻ va togʻ oldi hududlarida havo oʻzgaruvchan, 16-19 iyun kunlari yogʻingarchiliksiz, 17-18 iyun kunlari ayrim hududlarda yomgʻir yogʻishi kutilmoqda.

Shamol sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, 17 iyun kuni shamol tezligi 15-20 m/s (25-34 km/s) kuchayadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi shamol kuchayishi daraxtlarning qulashiga va elektr uzatish liniyalarining uzilishiga olib kelishi mumkinligi toʻgʻrisida ogoxlantiradi.

Vazirlik shamol kuchayish davrida xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni soʻramoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala