Elchixona: O‘zbekistonda qirg‘izlar huquqi poymol etilayotgani haqiqatga mos kelmaydi

© Pravitelstvo KRV Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan
V Kirgizstan pribila delegatsiya Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Elchixona Qirg‘iziston nashrlaridan birida O‘zbekistonda qirg‘izlar huquqi poymol etilayotgani aytilgan maqolani haqiqatdan yiroq deb atadi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi matbuot relizida bildirilishicha, 14-iyun kuni "24.kg" axborot agentligining elektron portalida nashr muxbiri Yuliya Kostenkoning "Qirg‘iziston tashqarisida 900 mingdan ortiq etnik qirg‘izlar yashaydi" nomli xabari chop etilgan.

Unda Qirg‘iziston ombudsmani Kubat Otorbayevning ma’ruzasiga tayangan holda davlat migratsiya xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra Qirg‘izistondan tashqarida 900 mingdan ortiq etnik qirg‘izlar yashashi aytiladi. Eng ko‘p etnik qirg‘izlar esa O‘zbekistonda — 300 ming kishi.

Mirziyoyev Atamboyevga: bizning oramizda chegara bo‘lmasligi kerak - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Atamboyevga: bizning oramizda chegara bo‘lmasligi kerak

Xabarda "O‘zbekiston hamda Tojikistonda Qirg‘izistonga ko‘chib o‘tishni istaydigan qirg‘izlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Buning sababi — ularning huquqlari poymol qilinishi: qirg‘iz tilida ta’lim beruvchi maktablarning yopilishi, ularni ishga olishdagi cheklovlar" deyilgan.

O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchixonasi matbuot xizmati O‘zbekistonga tegishli mazkur iddao haqiqatga mos kelmasligini, hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi. Ushbu xabar yuqorida aytilgan ma’lumotlarni oldindan tekshirmasdan tarqatilgan va butkul noxolis hisoblanadi.

Elchixona O‘zbekistonda barcha fuqarolarga, jumladan mamlakat hududida istiqomat qilayotgan qirg‘iz millatiga ham g‘amxo‘rlik bilan yondashilgani, yondashilayotgani va bundan buyon ham g‘amxo‘rlik qilinishini bildirdi.

Matbuot relizida aytilishicha, O‘zbekistonda 6ta madaniy markaz mavjud — Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Sirdaryo va Toshkentda (1995 yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelayotgan bu markaz O‘zbekistondagi qirg‘izlarning madaniy markazlarini birlashtiradi).

Chegaradagi askar - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegara masalasini Andijonda ko‘rib chiqadigan bo‘ldi

Respublika baynalmilal madaniy markazining 25-yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda qirg‘iz diasporasining ikki vakili (Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 27-maktab o‘qituvchisi U.Mamataliyeva va Farg‘ona viloyati Farg‘ona tumanidagi 25-maktab o‘qituvchisi N.Xalibayeva) O‘zbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyevning farmoniga muvofiq davlat mukofoti bilan taqdirlangan.

O‘zbekistonda qirg‘iz tilida 56 maktab mavjud bo‘lib, ularda 8 mingdan ortiq bola ta’lim oladi. Andijon davlat universitetida "Ona tili va adabiyoti: qirg‘iz tili va adabiyoti" bakalavriati mavjud bo‘lib, 2015/2016 o‘quv yilida unga 75 nafar talaba qabul qilingan.

Elchixona Qirg‘iziston nashrlarida bundan keyin bu tarzdagi noxolis materiallar berilmasligiga umid bildirgan.

Yangiliklar lentasi
0