Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

© Nuz.uzSegodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik
Segodnya rabotniki prokuraturi vpervie otmechayut svoy prazdnik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ravshan Masharipov Sirdaryo viloyat prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. Sirdaryo viloyatiga yangi prokuror tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

Pustoe kreslo - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahriga prokuror tayinlandi

O‘zbekiston bosh prokurorining 15-iyundagi buyrug‘iga muvofiq adliya maslahatchisi Ravshan Masharipov Sirdaryo viloyat prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.

Ravshan Masharipov bundan avval Jizzax viloyati prokurorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Ushbu lavozimda u 12 iyun kuni Toshkent shahri prokurori etib tayinlangan Sherzod Obloqulovning o‘rnini egalladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0