O‘zbekistondan Koreyaga gilos eksporti taqiqi olib tashlandi

Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, koreyalik hamkorlar bilan anor va qovun eksporti bo‘yicha kelishuvga erishildi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. "O‘zagroeksport" AJ tomonidan mahallliy muassasalar bilan hamkorlikda nafaqat eksport hajmini oshirish, balki o‘zbek gilosi eksporti geografiyasini kengaytirish va diversifikatsiyasi bo‘yicha ham ishlar olib borilmoqda, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Joriy yilda asosiy eksport qilinuvchi davlatlardan tashqari, yangi gilos Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya, BAA va boshqa mamlakatlarga yuborildi.

Yejegodniy konkurs chereshni v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Kimning gilosi zo‘r: O‘zbekistonda gilos ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi

Koreya tomonining talablari jiddiy o‘rganib chiqilganidan so‘ng mas’ul muassasalar sa’y-harakati bilan o‘zbek gilosini Janubiy Koreyaga eksporti taqiqi olib tashlandi. Eksport shartnomalari imzolanib, eksport barqaror ravishda amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

Bundan tashqari, koreyalik hamkorlar bilan anor va qovun eksporti bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Marketing tadqiqotlariga ko‘ra, Boltiqbo‘yi, Yevropa va Janubi-sharqiy Osiyo davlatlarida O‘zbekistonning yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari katta talabga ega bo‘lmoqda.

Shu nuqtayi nazardan, xorijda yangi hamkorlarni qidirib topish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda. BAA, Yaponiya, Janubiy Koreya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlar kompaniyalari bilan eksport hajmini oshirish masalasi o‘rganilmoqda.

Bugungi kunda O‘zbekiston gilos yetishtirish bo‘yicha dunyoda beshinchi o‘rinda turadi — yiliga 100 ming tonna. Undan kamida 30 foizi har yili MDH va uzoq xorij davlatlariga eksport qilinadi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 2016-yilda 50 mln. dollarlik o‘zbek gilosi eksport qilindi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0