Siyosat

Mirziyoyev: ishlayman degan odamga koʻp narsaning keragi yoʻq

© Press-slujba prezidenta RUzOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Ishlayman, yarataman degan odamga koʻp narsaning keragi yoʻq, dedi Mirziyoyev Uchtepa tumanidagi "Vatanparvar inoq kommunalchi" xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan tanishuvi chogʻida

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Uchtepa tumaniga tashrifi chogʻida Vatanparvar mahallasi hududidagi "Vatanparvar inoq kommunalchi" xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati faoliyati bilan tanishdi, deb xabar berdi Oʻzbekiston Hukumat portali.

Oxirgi qoʻngʻiroq - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev buyrugʻi: Toshkentdagi maktabda 11 yillik taʼlim tizimi tiklanadi
2010 yilda tashkil etilgan ushbu shirkat tumandagi eng namunali xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan biri. Shirkat joylashgan 38-uyning kirish yoʻlaklari zamonaviy uslubda taʼmirlangan, uyga tutash hudud obodonlashtirilgan. Koʻp qavatli uyning old qismi va yoʻlaklarga videokuzatuv oʻrnatilgan. 60 xonadonga xizmat koʻrsatuvchi shirkatda kommunal tariflar aholi uchun qulay narxlarda ishlab chiqilgan.

Shirkatning oʻz mablagʻi hisobidan uch yil ilgari uyning tom qismi mukammal taʼmirlangan, yoʻlaklarga zamonaviy eshiklar oʻrnatilgan. Uy oldida qurilgan avtoturarjoy shu yerda yashovchi aholiga bepul xizmat koʻrsatadi. Turli attraktsionlar, oʻyin qurilmalari bilan jihozlangan bolalar maydonchasi nafaqat bolalar, balki kattalarning ham bahri dilini ochadi.

Mirziyoyev xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati rahbari Svetlana Orlova bilan shirkat faoliyati, koʻp xonadonli turar joylarda aholining uy-joy sharoitini yaxshilash boʻyicha qilinayotgan ishlar haqida suhbatlashdi.

Jamiyat
Toshkentdan uy sotib olishi shartlari ishlab chiqilmoqda

Shirkat xodimlari va xonadon sohiblarining qoʻl mehnati bilan obod maskanga aylangan bunday shirkatlar tajribasini oʻrganish, uni boshqa tumanlarga ham keng targʻib etish zarurligi taʼkidlandi.

"Ishlayman, yarataman degan odamga koʻp narsaning keragi yoʻq, dedi davlatimiz rahbari. Oddiy qoʻl mehnati, koʻpchilikning saʼy-harakati bilan oʻzi yashayotgan hududni shunday saranjom-sarishta, fayzli maskanga aylantirayotgan yurtdoshlarimiz koʻpayayotgani bizni quvontiradi".

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala