Iqtisod

Xoʻjandda boʻlib oʻtayotgan yarmarkada oʻzbek tadbirkorlariga omad kulib boqmoqda

© Sputnik Yetvesh StanislavTojikistonning Xoʻjandida xalqaro iqtisodiy koʻrgazma-yarmarkasi ish boshladi
Tojikistonning Xoʻjandida xalqaro iqtisodiy koʻrgazma-yarmarkasi ish boshladi - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikistonning Xoʻjandida boʻlib oʻtayotgan "Soʻgʻd-2017" koʻrgazma-yarmarkasiga ilk marotaba Oʻzbekistondan va Latviyadan biznesmenlar tashrif buyurishdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston nashri

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik, Anastasiya Lebedeva. Xoʻjandda "Soʻgʻd-2017" xalqaro iqtisodiy koʻrgazma-yarmarkasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi, deb xabar qildi Sputnik Tojikiston nashri.

Tojikistonda Oʻzbekiston sanoat mahsulotlari koʻrgazmasi oʻtkazildi - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Tojikiston matbuoti: tojiklar va oʻzbeklar doʻstligi abadiy!
Xabarga koʻra, yarmarkaga Tojikistonning turli viloyatlaridan 200dan ortiq tadbirkorlar hamda 10 ta davlatdan biznesmenlar tashrif buyurishgan. Bundan tashqari, "Soʻgʻd-2017" koʻrgazma-yarmarkasida 23ta xalqaro tashkilot vakillari ham ishtirok etganlar.

"Bugun iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Xoʻjandga Oʻzbekistonning 30dan ziyod kompaniyalari vakillari tashrif buyurishdi. Ishonchim komilki, bu koʻrgazma mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni yanada yuqori darajaga koʻtaradi", — degan Oʻzbekiston tomondan tashrif buyurgan savdo-sanoat palatasining Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi rahbari Fayzullo Mamonov.

Oʻzbekistondan tashrif buyurgan oʻzbek tadbirkorlari ham oʻz xursandchiligini yashirishmadi, deb yozadi nashr.

© Sputnik Stas Yetvesh Tojikistonning Xoʻjandida xalqaro iqtisodiy koʻrgazma-yarmarkasi ish boshladi
V Xudjande otkrыlas mejdunarodnaya ekonomicheskaya vыstavka-yarmarka Sugd-2017 - Sputnik Oʻzbekiston
Tojikistonning Xoʻjandida xalqaro iqtisodiy koʻrgazma-yarmarkasi ish boshladi

"Bizni taklif etishganidan cheksiz xursandmiz. Dushanbeda oʻtkazilgan koʻrgazmada ishtirok etish nasib qilmagandi, bu yerga ham zoʻrgʻa ulgurdik. Chunki 200ta kompaniya ariza bergan boʻlsa, faqat 30tasi qatnashishi mumkin edi", — deb aytgan oʻzbekistonlik tadbirkorlardan biri.

Bugun bu tadbirkorning omadi chopdi, ikki soat ichida u tojikistonlik hamkasblari bilan uchta shartnoma imzolashga muvaffaq boʻldi, deb xabar qilgan nashr.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala