GM Uzbekistan 2 ta yangi rusumdagi mashinalarni ishlab chiqaradi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishVipusk avtomobiley na predpriyatii "Djeneral Motors"
Vipusk avtomobiley na predpriyatii Djeneral Motors - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
GM Uzbekistan 2020 va 2021-yillarda aynan qanday rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarilishini hozircha sir tutmoqda

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. GM Uzbekistan kompaniyasi kelgusi 4-yil mobaynida ikkita yangi turdagi yengil avtomobillar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar berdi.

GM Uzbekistan zapustit proizvodstvo kompaktnogo krossovera Chevrolet Tracker - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda Chevrolet Tracker avtomobili ishlab chiqariladi

Ushbu rejalar 2021-yilga qadar O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatini rivojlantirish dasturida qayd etilgan. Ayni vaqtda GM Uzbekistan  2020 va 2021-yillarda qanday rusumdagi avtomashinalar ishlab chiqarilishi haqida ma’lum qilmadi. Avtomobillar ishlab chiqarish parametrlariga asosan yiliga 46 ming va 43 ming dona avtomobillar ishlab chiqariladi. GM Uzbekistan "Kaptiva" va "Malibu" rusumli avtomashilarni yig‘ish o‘rniga, yangi "S" sinfli sedan yoki arzon avtomobillarni ishlab chiqaradi. Mazkur 2 ta loyihaning umumiy qiymati — 270 mln dollarni tashkil etadi.

Bundan tashqari, GM Uzbekistan rejalariga ko‘ra, shu yilning o‘zida avtomobil kuzovi kengaytirilgan mikroven "Labo" rusumli mini yuk mashinasi ishlab chiqariladi. Zavodda yiliga 5 ming dona ushbu rusumdagi avtomashinalar ishlab chiqarilishi mumkin.
Samarqand avtomobil zavodida kelgusi yilda tabiiy gazda ishlaydigan dvigatelli avtobuslarni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Zavodning yillik quvvati 500 dona avtobus ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati — 2,3 mln dollarni tashkil qiladi.

Vistavka Citroen Creative Tour v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Jizzaxda Pejo va Sitroyen avtomobillari ishlab chiqariladi

Yana bir qiziq loyihalardan biri shaharlararo qatnaydigan avtobuslarni ishlab chiqarishdir. Loyihaning umumiy qiymati 12 mln dollarga teng bo‘lib, har yili 400 dona avtobus ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Ishlab chiqarish 2020-yilda yo‘lga qo‘yiladi.

Yangi dasturga asosan O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish hajmi 2016-yil ko‘rsatkichlari bilan solishtirilganda 2021-yilga kelib 3 baravarga ortadi. Jumladan, yengil avtomobillarni ishlab chiqarish — 240 ming donaga (2016 yilda — 88,2 ming dona), avtobus va yuk mashinalar — 6,9 ming dona (4,4 ming dona), yengil tijorat avtomobillar — 6,2 ming donaga (bugungi kunda ushbu turdagi avtomabillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilmagan) yetadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0