Oʻzbekistonlik astronomlar yangi yulduzni kashf qilishdi

Bu yulduz Yetti qaroqchi yulduz turkumidagi spiral galaktikada kashf qilingan. Astronomiya sohasidagi zamonaviy tasavvurlarga koʻra yulduzlar ham tirik mavjudotlar kabi tugʻilishadi, milliard yil rivojlanishadi (umr koʻrishadi) va nihoyat soʻnishadi

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonlik astronomlar Qashqadaryo viloyatidagi Hisor togʻ tizmalarida joylashgan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Astranomiya institutining Maydanak observatoriyasida 25-may kuni oʻta yangi yulduzning chaqnashini qayd etishdi, deb xabar qildi FA matbuot-xizmati.

Tatyana Sinitsыna - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Mirzo Ulugʻbek yulduzi ostida
Yulduz chaqnashi Yetti qaroqchi yulduz turkumidagi NGC 3938 raqamli spiral galaktikada roʻy berganligi qayd etilgan.

"25-may kuni paydo boʻlgan va SN 2017ein nomi bilan qayd etilgan oʻta yangi yulduzning ahamiyati shundaki, u bizga nisbatan yaqin, "atiga" 50 million yorugʻlik yil masofada joylashgan va binobarin biz u haqida batafsil maʼlumotlar olishga ega boʻlyapmiz. Yulduz yorqinligi oʻzgarishining dastlabki tahlillari bu noyob hodisa ekanligini koʻrsatmoqda. Shuning uchun Maydanakda bajarilayotgan kuzatuvlar nihoyatda muhim hisoblanadi va katta ilmiy ahamiyat kasb etadi", — deyiladi xabarda.

© academy.uzAstronomы Uzbekistana otkrыli sverxnovuyu zvezdu
Astronomы Uzbekistana otkrыli sverxnovuyu zvezdu  - Sputnik Oʻzbekiston
Astronomы Uzbekistana otkrыli sverxnovuyu zvezdu

Astronomiya sohasidagi zamonaviy tasavvurlarga koʻra yulduzlar ham tirik mavjudotlar kabi tugʻilishadi, milliard yil rivojlanishadi (umr koʻrishadi) va nihoyat soʻnishadi. Ayrim yulduzlarning evolyutsiyasi oʻta halokatli, katta portlash bilan tugaydi. Bunday paytlarda yulduzning qaʼrida qizib yotgan modda atrofga sochilib ketadi va kechagina xira boʻlib yoki umuman Yerdan turib koʻrinmaydigan yulduzcha oʻrnida yorqin oʻta yangi yulduz paydo boʻladi.

Bunday jarayolarni kuzatish olimlarga yulduzlarni tuzilishi va evolyutsiyasi konunlarini tushunish kabi fundamental masalalarga oydinlik kiritishga xizmat qiladi.

Poster k filmu Ulug Bek. Cherez ternii k zvezdam - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Lola Karimova-Tillyayeva Mirzo Ulugʻbek haqidagi film treylerini havola etdi
Yana bir narsani qayd etish zarur. Bundan bir necha yil oldin germaniyalik olimlar Buyuk Britaniyadagi mashhur Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan, Abu Ali Ibn Sino qalamiga mansub "Kitob al-Shifo" asarida 1006-yilda roʻy bergan oʻta yangi yulduzning taʼrifini topishga muvaffaq boʻlganlar.

Ibn Sino 1002-1008-yillarda Xorazmdagi Maʼmun akademiyasida faoliyat koʻrsatganligini inobatga olsak, bu fakt Akademiyaning ilmiy faoliyatini ochib beruvchi yangi bir manba sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari eng avvalo oʻzining tibbiyot va falsafa sohalaridagi asarlari bilan mashhur boʻlgan buyuk bobokalonimizning merosi naqadar serqirra ekanligiga yana bir bor amin boʻlamiz, deb yozilgan xabarda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala