Jamiyat

Rossiyada olingan sharʼiy nikoh haqidagi guvohnoma Oʻzbekistonda oʻtmaydi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye posle rekonstruktsii glavnoy mecheti Moskvы
Otkrыtiye posle rekonstruktsii glavnoy mecheti Moskvы - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev kuni kecha diniy ulamolar bilan oʻtkazgan uchrashuvida yashirincha sharʼiy nikoh oʻqitish, xotin ustiga xotin olish holatlarini keskin qoraladi

TOSHKENT, 16 iyun — Sputnik. Toshkentda boʻlib oʻtgan "Ijtimoiy barqarorlikni taʼminlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash — davr talabi" mavzusidagi anjumanda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yashirincha sharʼiy nikoh oʻqitish, xotin ustiga xotin olish holatlarini keskin qoraladi.

Jamiyat
Internetda koʻp xotinli "boylar" mavzusi qizgʻin muhokama qilinmoqda
"Hozirgi kunda hayotimizda avj olayotgan ana shunday xunuk, yaramas holatlarga chek qoʻyish maqsadida alohida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu qonunda Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organidan berilgan hujjatga ega boʻlmagan shaxslarga sharʼiy nikoh oʻqigan har qanday mullaga, agar u vallomat boʻlsayam, jinoiy jazo berish koʻzda tutiladi", dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu xabar chiqqanidan soʻng, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida endilikda sharʼiy nikohdan oʻtish uchun Rossiya davlatiga borish kerakligi, u yerdagi masjidlarla ZAGS qogʻozi soʻralmasligi haqida fikrlar bildirila boshladi.

Aytish joizki, haqiqatdan ham Rossiya hududida boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari agar sharʼiy nikohdan oʻtmoqchi boʻlishsa, bu mamlakatda qonuniy faoliyat koʻrsatayotgan masjidlarga murojaat qilishlari mumkin.

Sputnik muxbiri sharʼiy nikohdan oʻtish qanday amalga oshirilishini aniqlash maqsadida Moskva jome masjidiga murojaat qildi.

Moskva jome masjidi vakilining aytishicha, sharʼiy nikohdan oʻtish uchun ikki fuqarodan ularning pasportlari va ikki guvoh talab etiladi, xolos. Sharʼiy nikoh navbatchi imom tomonidan oʻqilib, shu bilan birga, istak bildirgan fuqarolarga sharʼiy nikohdan oʻtganliklari haqida guvohnoma ham berilishi mumkin. Guvohnoma 1000 rubl turarkan.

Mana shundan soʻng Rossiyada olingan sharʼiy nikohdan oʻtganlik haqidagi guvohnoma Oʻzbekistonda qonuniy kuchga ega boʻladimi, degan savol bilan Oʻzbekiston Musulmonlar idorasiga qoʻngʻiroq qildik.

Mechet Suzuk-ota v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev islom dini yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy maktablar tashkil etishni taklif qildi
"Ushbu guvohnoma sharʼiy nuqtai nazardan qabul qilinadi, lekin qonun tomonidan oʻtmaydi. Bu guvohnoma ZAGS guvohnomasisiz hech qanday kuchga ega emas. Biron bir joyda, masalan, mehmonxonaga joylashmoqchi boʻlsangiz, mana bu mening turmush oʻrtogʻim desangiz, sizga pasportda ZAGS muhri qoʻyilmagan-ku, degan savol beriladi. Bu kabi muammolar boʻlmasligi uchun tezlik bilan oʻsha joyning oʻzida ZAGSga ariza berib, qonuniy nikohdan oʻtish va ZAGS guvohnomasini olish zarur boʻladi", — deb izoh berdi Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xodimi.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytish joizki, chet elda olingan sharʼiy nikoh guvohnomalari qonuniy niqoh guvohnomalari boʻlmagan taqdirda Oʻzbekistonda qonuniy kuchga ega emas.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala