AQSh Tojikistonda teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirdi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishVashington
Vashington - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"So‘nggi vaqtlarda uyushgan terrorchilik guruhlari Tojikistonda hujumlarni amalga oshirishmagan bo‘lsa-da, ammo so‘nggi 6-12 oy mobaynida bu kabi hujumlar xavfi ortgan bo‘lishi mumkin", - deyiladi xabarda

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. AQSh Davlat departamenti jangarilar Tojikiston hududida teraktlarni sodir etishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda departamentning diplomatik xavfsizlik burosining amerika fuqarolariga qilingan murojaatida bayonot berilgan.

"So‘nggi vaqtlarda uyushgan terrorchilik guruhlari Tojikistonda hujumlarni amalga oshirishmagan bo‘lsa-da, ammo so‘nggi 6-12 oy mobaynida bu kabi hujumlar xavfi ortgan bo‘lishi mumkin", — deyiladi xabarda.

Tojikistonda bo‘lgan amerikaliklar terrorchilar tomonidan nishonga olinishi mumkin, deb aniqlik kiritgan departament. AQSh fuqarolariga Tojikistonning Afg‘oniston bilan chegaradosh qismlarida ayniqsa xushorroq bo‘lish, aholi ko‘p joylarda qolishlik va xalq ko‘p to‘planadigan joylardan imkon qadar uzoqroq bo‘lish tavsiya etilgan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0