Madaniyat

Samarqandda Sharq taronalari yangraydi

© Press-slujba xokimiyata Samarkandskoy oblastiSharq taronalari festivali
Sharq taronalari festivali - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirga qadar olingan maʼlumotlarga koʻra, festivalda 70 ga yaqin mamlakatidan 500 nafardan ziyod musiqashunoslar, xonanda va sozandalar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishi kutilmoqda

TOSHKENT, 17 iyun — Sputnik. Qadimiy va navqiron shahrimizda bu yil oʻn birinchi bor «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali oʻtkaziladi, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

Xabarda aytilishicha, viloyat hokimligida mazkur nufuzli festivalga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Sharq xalqlari musiqa madaniyatining mushtarakligi anjumani - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Samarqandda «Sharq xalqlari musiqa madaniyatining mushtarakligi» mavzusidagi anjuman ochildi
Viloyat, shahar va tuman hokimliklari mutasaddilari, boshqarmalar boshliqlari, korxona, jamoat tashkilotlari va muassasalar rahbarlari ishtirokida oʻtgan yigʻilishni viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi T.Joʻrayev olib bordi. Viloyat hokimi oʻrinbosari A.Umarovning "Sharq taronalari" XI xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik boʻyicha olib borilayotgan ishlar yuzasida axboroti tinglandi. Festival direktsiyasi ijrochi direktori T.Xoliqov anjumanni oʻtkazishga doir takliflarini bildirdi.

Taʼkidlandiki, ayni paytgacha boʻlgan maʼlumotlarga koʻra dunyoning 70 ga yaqin mamlakatidan 500 nafardan ziyod musiqashunoslar, xonanda va sozandalar, xalqaro tashkilotlar vakillari hamda xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishi kutilayotgan bu galgi anjumanni avalgilaridanda fayzli, shukuhli oʻtkazishga nafaqat Samarqand shahri, balki tumanlarda ham katta ishtiyoq bilan hozirlik koʻrish lozim.

— Samarqand shahri hamda tumanlar koʻchalarini obodonlashtirish, anjuman qatnashchilarini kutib olish darvozalari — aeroport hamda temir yoʻl vokzali, ular joylashadigan mehmonxonalarda xalqaro andazalarga mos, sifatli servis xizmatlarini koʻrsatish darajasi xalqimizning mehmondoʻstligi, davlatimizning salohiyatini namoyon etishi kerak, — dedi hokim. — Tayyorgarlik jarayonlarida mayda ishning oʻzi boʻlmaydi.

Kezi kelganda, mehmonlar bilan oʻzaro yaqin muloqotda boʻlish, ularni shahrimiz obidalari, bugungi hayoti bilan tanishtirish maqsadida ingliz, xitoy, koreys, yapon, ispan, frantsuz, nemis, italyan, arab, turk, rus tillarida bemalol soʻzlasha oladigan professor-oʻqituvchilar va talabalardan iborat tarjimon hamda gidlar tanlansin. Ishtirokchilarga transport, oshxona va boshqa xizmatlarni koʻrsatuvchilar tibbiy koʻrikdan, ularning siyosiy, ijtimoiy bilimlari suhbatdan oʻtkazilishi, maxsus kiyimlar bilan taʼminlanishi shart.

Shuningdek, tadbirda mehmonlarni tarixiy obidalar, sanoat korxonalari, mustaqillik yillarida qurilgan boshqa obʼyektlar bilan tanishtirish, qatnashchilar ishtirokida Samarqand, Tayloq, Jomboy, Oqdaryo, Pastdargʻom va Urgut tumanlaridagi mahalla, oʻquv muassasalari va istirohat bogʻlarida kontsert tadbirlarini saviyalitashkil etish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.

Registon maydoni va tadbir oʻtadigan boshqa maydonlarda xalq amaliy sanʼati asarlari va hunarmandchilik mahsulotlari koʻrgazmalari, Samarqand noz-neʼmatlaridan kompozitsiyalar, festivalga doir ilmiy-ijodiy konferentsiya, chet el hamda mahalliy jurnalistlar uchun matbuot anjumanlari tashkil etish boʻyicha masʼullarga vazifalar topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala