Sankt-Peterburgda Konfederatsiyalar kubogi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSeremoniya otkritiya Kubka konfederatsiy-2017
Seremoniya otkritiya Kubka konfederatsiy-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiyaning “Birinchi kanal”i tayyorlagani ochilish marosimida 1500dan ortiq kostumli personajlar ishtirok etgan.

TOShKENT, 17-iyun — Sputnik. Konfederatsiyalar kubogining ochilish marosimi «Sankt-Peterburg» stadionida bo‘lib o‘tdi.

R-Sport nashri yozishiga ko‘ra, ochilish marosimini yarim bo‘sh tribunalar tomosha qilgan, chunki o‘ta kuchli xavfsizlik choralari ko‘rilishi tufayli ko‘pchillik tomoshabinlar stadionga kirib kelishga ulgurishmagan.

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishKonfederatsiyalar kubogi ochilish marosimi
Seremoniya otkritiya Kubka konfederatsiy-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Konfederatsiyalar kubogi ochilish marosimi

 

Kubok o‘tkazish marosimida yaxshi ob-havoni saqlab qolish maqsadida Sankt-Peterburg osmonidan ikki kun davomida bulutlarni “haydashgan”. Shuning uchun umumiy hisobda shaharda ob-havo ochiq va aholining kayfiyat yuqori edi.

Ochilish marosimining o‘zi ulkan “kungaboqar”dan boshlanib, balet raqqosasi, ulkan quyosh, futbol fristaylchilari bilan davom etdi. Ushbu “shou”ni  Rossiyaning “Birinchi kanal”i tayyorlagani ma’lum bo‘ldi. Undan 1500dan ortiq kostumli personajlar ishtirok etishgan.

© Sputnik / Aleksandr Vilf / Mediabankka o‘tishKonfederatsiyalar kubogi ochilish marosimi
Seremoniya otkritiya Kubka konfederatsiy-2017 - Sputnik O‘zbekiston
Konfederatsiyalar kubogi ochilish marosimi

Tadbirda DJ Smash, Alsu hamda Sergey Lazarevlar ishtirok etishdi. Ochilish marosimi yakunida maydonda Musobaqa timsoli bo‘lgan “Zabivaka” ismli bo‘ri paydo bo‘ldi. U JCh-2018 elchisi bo‘lgan Viktoriya Lopirevaning qo‘lidan to‘pni qabul qilib oldi. Shundan so‘ng maydonda ishtirokchi mamlakatlar bayroqlari paydo bo‘ldi. Umumiy hisobda ochilish marosimi 20 daqiqia davom etdi. Undan so‘ng Rossiya va Yangi Zelandiya terma jamoalari orasidagi o‘yin boshlandi.

 

Yangiliklar lentasi
0