Abituriyentlar shu paytgacha eng ko‘p hujjat topshirgan OTMlar uchligi

© StringerO‘zbekistonda oliy ta’lim maskaniga hujjat topshirish
O‘zbekistonda oliy ta’lim maskaniga hujjat topshirish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatning yetakchi o‘rnini Andijon davlat universiteti egallab turibdi

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Davlat test markazi saytida oliy ta’lim muassasalariga 2017-yilgi qabul haqida ma’lumotlar jadvali paydo bo‘ldi.

Jadvalda OTM nomi, belgilangan kvotalar hamda shu kungacha hujjat topshirgan abituriyentlar soni va har bitta o‘rin uchun nechta abituriyent to‘g‘ri kelishi ko‘rsatilgan.

Abituriyent - Sputnik O‘zbekiston
"Qabul - 2017": o‘zgarish va yangiliklar
Shu vaqgacha ro‘yxatning yetakchi o‘rnini Andijon davlat universiteti egallab turibdi.

Andijon davlat universiteti qabul komissiyasiga 419 abituriyent o‘z hujjatini topshirgan.

Ikkinchi o‘rinda Guliston davlat universiteti bormoqda — abituriyentlar soni 409 nafar.

368 nafar abituriyenti bilan Qarshi universiteti abituriyentlar eng ko‘p hujjat topshirgan OTMlar uchligini yakunlagan.

O‘zbekiston milliy universiteti, Milliy raqs va xoreografiya oliy maktabi, Milliy rassomlik va dizayn instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi va uning Urganch filiali, Termiz davlat universiteti, Farg‘ona politexnika instituti va boshqa OTMlarga esa hali birorta hujjat topshirilmagan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0