Jamiyat

Toshkentda ota-onalar oʻrtasida 10-11-sinflarni joriy etish boʻyicha soʻrov oʻtkaziladi

© Sputnik / Said Tsarnayev / Fotobankka oʻtishOʻrta maktab oʻqituvchisi oʻquvchini imtihonga tayyorlayapti
Oʻrta maktab oʻqituvchisi oʻquvchini imtihonga tayyorlayapti - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentning har bir tumanlaridagi 4tadan maktablarda 10-11 sinflar joriy etiladi

TOSHKENT, 18 iyun — Sputnik. 18 iyun kuni Toshkentdagi oʻrta umumtaʼlim maktablarida 2017 yilda 9-sinfni bitirgan oʻquvchilarning ota-onalari oʻrtasida soʻrov tashkil qilinadi, deya xabar bermoqda "Uznews.uz".

"17 iyun kuni Bosh vazir Abdulla Aripov Oʻzbekiston banklar Assotsiatsiyasi binosida yigʻilish oʻtkazdi. Yigʻilishda maktab direktorlari, Xalq taʼlimi tuman va shahar boʻlimlari rahbarlari va Xalq taʼlimi vazirligi vakillari ishtirok etishdi.

Oxirgi qoʻngʻiroq - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev buyrugʻi: Toshkentdagi maktabda 11 yillik taʼlim tizimi tiklanadi
Yigʻilish davomida Bosh vazir Prezident Shavkat Mirziyoyevning 10-11 sinflarni sinov tariqasida qaytadan tiklash haqidagi taklifini eʼlon qildi", — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab Toshkentning har bir tumanidagi 4 tadan maktablarda 10-11 sinflarni ochish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, maktablarda 7 yoshgacha boʻlgan bolalarni maktabga tayyorlovchi "nulevoy" sinflari ochiladi.

Bosh vazir shuningdek, 10-11 sinf oʻquvchilari uchun oʻquv-metodik qoʻllanmalarni tayyorlashga koʻrsatma bergan.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq sentyabr oyidan boshlab Toshkentning har bir tumanidagi 4 tadan maktablarda 10-11-sinflarni ochish rejalashtirilayotgani xabar berilgan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala