Kichik halqa yo‘lidan Farg‘ona yo‘liga o‘tuvchi qismi 10-iyulgacha yopiladi

© Nuz.uzYo‘l
Yo‘l - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yo‘l - yo‘l o‘tkazmasi qurilishi munosabati bilan yopilayotgani ta’kidlangan

TOShKENT, 18  iyun — Sputnik. Toshshahartransxizmat matbuot-xizmati Kichik halqa yo‘lidan Farg‘ona yo‘liga olib o‘tuvchi qismi vaqtincha yopilishi haqida e’lon qildi.

"Kichik halqa yo‘lidan Farg‘ona yo‘liga o‘tuvchi qismida yo‘l o‘tkazmasi qurilishi munosabati bilan 2017-yil 18-iyundan 10-iyulgacha kichik halqa yo‘lidan o‘tuvchi qismi, transport harakati uchun vaqtinchalik yopiladi", — deyilgan xabarda.

Qurilish davrida 12, 26, 37, 68, 81, 93, 127-sonli avtobus yo‘nalishlarining harakati Sarakul, Mehrijon va Qo‘shko‘prik ko‘chalari orqali keyingi harakati o‘z yo‘nalishida davom davom ettiradi.

Kompaniya yuzaga keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘ragan.

Yangiliklar lentasi
0