Mirziyoyev Shtaynmayerga hamdardlik bildirdi

© IA "Jaxon"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’ziyamni qabul qilishingizni va janob Kolning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman, deyilgan hamdardlik maktubida

TOShKENT, 18-iyun — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Germaniya Federativ Respublikasi Federal Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayerga hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati.

Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol - Sputnik O‘zbekiston
Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol vafot etdi
"Germaniya Federativ Respublikasining sobiq Federal kansleri Gelmut Kol vafoti to‘g‘risidagi xabar meni chuqur qayg‘uga soldi. Janob Kol jahon miqyosidagi yirik siyosiy lider va GFRning mashhur davlat arbobi sifatida xotiramizda mangu qoladi. Jahon tarixidagi eng muhim siyosiy voqealar, jumladan, Germaniyaning birlashuvi va Yevropa Ittifoqining tashkil topishi bevosita uning nomi bilan bog‘liq.

Gelmut Kol, shuningdek, O‘zbekiston bilan Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik va do‘stlik aloqalari o‘rnatilishi va rivojlanishiga beqiyos hissa qo‘shgan.

Ta’ziyamni qabul qilishingizni va janob Kolning oila a’zolari va yaqinlariga, butun Germaniya xalqiga chuqur hamdardligimni yetkazishingizni so‘rayman. Qayg‘u bilan, Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti"

Eslatib o‘tamiz,  Germaniyaning sobiq kansleri Gelmut Kol juma kuni 87 yoshida olamdan o‘tgan edi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0