Hodisalar

Londondagi terakt tafsilotlari oydinlashdi

© REUTERS / Neil HallPolitsiya fojia yuz bergan joyda ish olib bormoqda, London, 19 iyun 2017 yil
Politsiya fojia yuz bergan joyda ish olib bormoqda, London, 19 iyun 2017 yil - Sputnik Oʻzbekiston
Times nashrining guvoh Abdulrahmon Solih Alamudiydan olingan maʼlumotlarga tayanib yozishicha, furgonni bir guruh odamlar tomon qarata haydagan haydovchi "barcha musulmonlarni oʻldirishni xohlayman", deya baqirgan

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Furgon Londondagi masjid oldida behush yotgan erkak yonida toʻplangan bir guruh odamlar ustiga qarata bostirib kelgan. Bu haqda guvoh soʻzlari asosida Press Association xabar qildi deb yozgan RIA Novosti.

"Men koʻchada ketayotib, yerda oʻtirgan erkakni koʻrib qoldim. Yoniga borib, unga qaradim. Menga u erkakning tobi yoʻqligini, u hushidan ketganini aytishdi", — deb xabar qilgan agentlikka Abduqodir Varfa. Abduqodirning soʻzlariga koʻra, u erkakning yonidan uzoqlashgach, oradan bir necha daqiqa oʻtib bir furgon katta tezlikda bir guruh odamlar ustiga bostirib borgan.

​Tayms nashrining guvoh Abdulrahmon Solih Alamudiydan olingan maʼlumotlarga tayanib yozishicha, furgonni bir guruh odamlar tomon qarata haydagan haydovchi "barcha musulmonlarni oʻldirishni xohlayman", deya baqirgan.

Buyuk Britaniya politsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Londonda furgon yana odamlarni bosib oʻtdi
OAVlarda berilayotgan xabarlarga koʻra, bir kishi halok boʻlgan, oʻndan ziyodi jarohatlangan.

Independent nashrining guvohlar koʻrsatmasiga asosan yozishicha, hujum mahalliy vaqt bilan yarim tunga yaqin roʻy bergan. Furgon Finsberri parkidagi masjiddan chiqayotgan odamlarning ustiga qarab yurgan. Evening Standard nashri ham guvohlarga tayangan holda mashinadan pichoq bilan qurollangan erkak otilib chiqqani haqida yozgan. Haydovchi aholi tomonidan qoʻlga olingan va politsiyaga topshirilgan, erkakning ruhiy holati tekshirilishi haqida taʼkidlanmoqda.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey masjid yonida yuz bergan hodisani terakt, deb atagan.

Eslatib oʻtamiz, 3 iyun kuni shunga oʻxshash hodisa Londondagi koʻprikda yuz bergan edi. Avtomobil yoʻlovchilar ustiga bostirib borgan, shundan soʻng uch terrorchi odamlarga hujum uyushtirgan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala