Jamiyat

Adliya vaziri oʻrinbosari yangi lavozimga tayinlandi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPidjak na kresle
Pidjak na kresle - Sputnik Oʻzbekiston
Qarshiyev Hamdam 2016 yilning sentyabr oyida prezident farmoni bilan Adliya vazirining oʻrinbosari - Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy taʼminlash departamenti rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Ushbu kunga qadar Adliya vaziri oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan Qarshiyev Hamdam Oʻzbekiston Respublikasi IIV Transportda jamoat xavfsizligini taʼminlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi,  deb xabar qilmoqda UzNews nashri “Postda” gazetasi xabariga asosan.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar xodimi - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston IIVda qator lavozim oʻzgarishlari amalga oshirildi

Eslatib oʻtamiz, 2016 yilning sentyabr oyida Qarshiyev Prezident farmoni bilan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining oʻrinbosari — Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatdan va moliyaviy taʼminlash departamenti rahbari lavozimiga tayinlangan edi.

Qarshiyev Hamdam Aliqulovich – 1970 yilning 29 sentyabr sanasida Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida tugʻilgan. Maʼlumoti — oliy. 1997 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1987 yilda Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumanida boshlagan.

Qarshiyev 2009 yilda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani IIB rahbari oʻrinbosari — Tergov boʻlimi boshligʻi, 2013-2016 yillarda Qashqadaryo viloyati IIB rahbari oʻrinbosari — Tergov boshqarmasi boshligʻi lavozimlarida ishlagan.

2015 yil 27 avgustida Hamdam Qarshiyev prezident farmoniga binoan “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yurist” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala