Bouling bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishKegli dlya boulinga
Kegli dlya boulinga - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sport boulingi bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari o‘tkazildi

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Toshkentda 15-17 iyun kunlari davomida o‘n kegelli sport boulingi bo‘yicha XV O‘zbekiston kubogi bahslari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.

Uzbekiston sportchilari - Sputnik O‘zbekiston
Sport sohasida kelgusi besh yilda qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi?

Musobaqalarda 40 ga yaqin boulerlar ishtirok etishdi.

Musobaqada erkaklar o‘rtasida — Davron Tuychiyev, ayollar o‘rtasida Tatyana Lefter g‘alaba qozondi.

Tuychiyev finalda o‘tgan yil kubok sovrindori bo‘lgan Ravshan Abdusamadovni mag‘lubiyatga uchratdi. Shu tarzda, Abdusamadov ikkinchi o‘rin, Fazliddin Mirjalilov esa uchinchi o‘rinni egalladi.

Ayollar o‘rtasida hal qiluvchi bellashuvda esa Lefter 2016-yil kubok sovrindori bo‘lgan Sayyora Mahmudovani mag‘lubiyatga uchratdi.

Musobaqada eng yaxshi ko‘rsatchiklarga erishgan o‘yinchilar: Ravshan Abdusamadov – 279 ochko, ayollar o‘rtasida Tatyana Lefter – 230 ochko to‘pladilar.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0