Dunyoda

Londonda furgon yana odamlarni bosib oʻtdi

© JUSTIN TALLIS / AFPBuyuk Britaniya politsiyasi
Buyuk Britaniya politsiyasi - Sputnik Oʻzbekiston
Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey masjid yonida yuz bergan hodisani terakt, deb atagan

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Furgon bir guruh odamlarni bosib oʻtdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

​Yuz bergan hodisadan soʻng politsiya Twitterda fojia Seven Sisters koʻchasida boʻlib oʻtgani haqida xabar qilgan.

Situatsiya na meste terakta u britanskogo parlamenta - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
London politsiyasi odamlarga hujum qilgan 3 nafar terrorchini yoʻq qildi
OAVlarda berilayotgan xabarlarga koʻra, bir kishi halok boʻlgan, oʻndan ziyodi jarohatlangan.

Independent nashrining guvohlar koʻrsatmasiga asosan yozishicha, hujum mahalliy vaqt bilan yarim tunga yaqin roʻy bergan. Furgon Finsberri parkidagi masjiddan chiqayotgan odamlarning ustiga qarab yurgan. Evening Standard nashri ham guvohlarga tayangan holda mashinadan pichoq bilan qurollangan erkak otilib chiqqani haqida yozgan. Haydovchi aholi tomonidan qoʻlga olingan va politsiyaga topshirilgan, erkakning ruhiy holati tekshirilishi haqida taʼkidlanmoqda.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Tereza Mey masjid yonida yuz bergan hodisani terakt, deb atagan.

Eslatib oʻtamiz, 3 iyun kuni shunga oʻxshash hodisa Londondagi koʻprikda yuz bergan edi. Avtomobil yoʻlovchilar ustiga bostirib borgan, shundan soʻng uch terrorchi odamlarga hujum uyushtirgan edi. Politsiya tomonidan yovuz niyatli kimsalar shu joyning oʻzida yoʻq qilingan. Sakkiz inson bu terakt qurboniga aylangan edi, deb xabar qilgandi Skotland-Yard.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala