Prezident maslahatchisi Samarqand xalq qabulxonalar faoliyatini tanqid qildi

Obuna bo‘lish
Samarqand viloyati hokimligida xalq qabulxonalar ish faoliyati tanqid qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Samarqand viloyati hokimligida prezident davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov va hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi Turobjon Jo‘rayev ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda jurnalist Toshpo‘lat Raxmatullayev o‘z shaxsiy blogida xabar berdi.

Samarqand shahri - Sputnik O‘zbekiston
Samarqand viloyatiga vaqtincha hokim vazifasini bajaruvchi tayinlandi

Yig‘ilishda 40 nafar kam ta’minlangan va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalarga prezident sovg‘alari topshirildi. 

Xudoybergenov yig‘ilish boshlanishida viloyat xalq qabulxonalari ish faoliyati yuzasidan e’tirozlar bildirdi. Xalq qabulxonalar rahbarlariga ular Prezident devoni xodimlari ekanligi va ularga katta mas’uliyat yuklatilganligini o‘qtirib o‘tdi.

"Men faoliyatingizdan mamnun emasman. Samarqanddan Toshkentga ko‘plab shikoyatlar kelishi davom etmoqda. Tez kunlarda faoliyatingiz to‘liq o‘rganib chiqiladi. Sizlar quyidagi asosiy savollarga javob berishingiz kerak: o‘tgan davrda faoliyatingiz natijasida ijobiy tomonga nimalar o‘zgardi va qancha odamlar faoliyatingizdan rozi bo‘ldi", — deb ta’kidladi Xudoybergenov.

Shuningdek, aholini, ayniqsa jismoniy nuqsonlar tufayli ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan kishilarni ish bilan ta’minlash borasida,  Samarqand viloyati 9 ta tumanida ro‘yxatda turgan 7 ming nafar ikkinchi va uchinchi guruh nogiron ayollardan 314 nafar ayol tikuvchi bo‘lib ishlashga istak bildirdi. Shu kunlarda ular 21 ta tikuv mashinkasi bilan ta’minlandi. Bu bilan ish chegaralanmaydi, eng asosiysi ushbu ayollarni daromad topishga o‘rganish kerak. Ularga xom-ashyo va boshqa zarur materiallar bilan ta’minlash, bozorda sotish uchun yetkazish vazifalari viloyat xotin-qizlar kengashi va joylardagi xalq qabulxonalar rahbarlari javobgarligi qat’iy belgilab berildi. Paxta terish uchun etakning narxi tasdiqlandi (700 so‘m). Barcha tikuvchilarga ish haqi plastik kartalarga o‘tkazib beriladi. 

Samarqand viloyati hokimligi - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev qaroridan so‘ng yoshlar bilan uchrashuvni Samarqand viloyatining yangi hokimi o‘tkazadi
"O‘zpaxtasanoat" AJ hududiy bo‘limlariga tikuvchilar bilan shartnoma tuzish haqida topshiriqlar berildi. Shartnomaga ko‘ra, tikuvchilar paxta terish uchun etaklar, viloyat tibbiyot bo‘limi xodimlariga maxsus kiyim (ko‘rpa to‘shak, xalat), temir yo‘l xodimlari uchun maxsus kiyimlar tikiladi.

"Shahar va tumanlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida shular ma’lum bo‘ldiki, aholini, ayniqsa ayollar va yoshlarni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bugungi kun talablariga javob bermasligini ko‘rsatmoqda. O‘rganishlar davomida aholidan ish bilan ta’minlash bo‘yicha yordam so‘ralmoqda. Bugungi kunda 21 nafar kishi ish bilan ta’minlandi. Kelgusida jismoniy nuqsonlar bo‘lgan kishilarni ish bilan ta’minlash borasida amaliy yordam ko‘rsatishni davom etamiz. Shuningdek, 2018-yilda 21 nafar kam ta’minlangan oilalar va ijtimoiy yordamga muhtoj bo‘lgan oilalar namunali uy-joylar bilan ta’minlanadi", — deb ta’kidlab o‘tdi viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar kengashi raisi Marhabo Gafurova.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0