Jamiyat

Rossiyaning "borsa-kelmas" shaharlari reytingi tuzildi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishVladivostok shahri
Vladivostok shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Xavfsizlik darajasi past boʻlgan shaharlar aholisi koʻchalar yoritilmaganligi, kanalizatsiya lyuklari ochiqligi va odamlarga daydi itlar hujum qilishidan shikoyat qilishgan.

TOSHKENT, 19 iyun — Sputnik. Koʻchmas mulk savdosi va ijarasi haqida millionlab eʼlonlar joylashtirilgan  Domofond.ru portali Rossiya shaharlaridagi xavfsizlik darajasini aniqlash maqsadida soʻrov oʻtkazdi.

Soʻrovda 258 ming kishi ishtirok etib ular oʻzlari yashayotgan shaharlarni "Men xavfsiz shaharda yashayman va tunda uyga qaytishdan qoʻrqmayman", degan iboraga qanchalik mos kelishini 10 ballik sistema boʻyicha baholashdi.

Soʻrov natijalariga koʻra, eng xavfli shahar Rostov viloyatidagi Shaxtы shahri deb tan olingan. U yerda yashayotganlar koʻchalar yoritilmaganligi, kanalizatsiya lyuklari ochiqligi va odamlarga daydi itlar hujum qilishidan shikoyat qilishgan. Shahar xavfsizlik reytingda bor-yoʻgʻi 5,6 ball toʻplagan.

Volgograd, Omsk, Chita, Astraxan, Saratov, Chelyabinsk, Nijniy Tagil, Balashixa va Perm shaharlari aholisi ham xuddi shunday muammolar borligidan shikoyat qilishgan.

Toshkent - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Toshkent - rossiyalik sayohatchilar orasida eng mashhur shahar deb topildi

Aholi soni boʻyicha yetakchi boʻlgan Moskva 6,9 ball jamlab reytingning 31 oʻrinini egallagan. Sankt-Peterburg 6,7 ball bilan 42 oʻrinda joylashgan.

Nijnevartovsk, Surgut, Armavir, Saransk, Murmansk, Cheboksarы va Nijnekamsk shaharlari toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi oʻrinlarni egallagan.

Sochi ushbu reytingda ikkinchi oʻrinni egallagan. Birinchi oʻrinda esa Checheniston poytaxti — Groznыy boʻldi.  Groznыy 8.7 ball jamlagan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala