Toshkentda bir ayol va 2 yigitdan iborat bosqinchi guruh qo‘lga olindi

© PixabayZaderjanie prestupnika
Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 15-iyun kuni noma’lum shaxs, bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro Sitora Abdusamatovaga hujum qilib, tan-jarohati yetkazib, undan 12,5 mln so‘m naqd pul mablag‘larini egallab, hodisa joyidan yashiringan

TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Toshkent shahrida bir nafar qiz va 2 nafar yigitdan iborat bosqinchi guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Hibsga olish jarayoni - Sputnik O‘zbekiston
Talonchilik jinoyati bo‘yicha qidiruvdagi shaxslar qo‘lga olindi

2017 yil 15-iyun kuni taxminan soat 08:30 larda, noma’lum shaxs, bosqinchilik yo‘li bilan o‘zganing mol-mulkini talon-toroj qilish maqsadida, Yunusobod tumani hududida fuqaro Sitora Abdusamatovaga hujum qilib, tan-jarohati yetkazib, undan 12 500 000 so‘m naqd pul mablag‘larini egallab, hodisa joyidan yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 164-moddasi 1-qismi (bosqinchilik, ya’ni o‘zganing mulkini talon-toroj qilish maqsadida hujum qilib, hayot uchun havfli bo‘lgan zo‘rlik ishlatib sodir etish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni muqaddam sudlangan, Tulqin Abdugapparovich Xalilov, Bekzod Tuxtasin o‘g‘li Abdullayev va Marhuba Nosirovna Pulatovalar sodir etishganligi aniqlanib, ulardan talon-toroj qilingan pullar daliliy ashyo sifatida olingan.

Xalilov, Abdullayev va Pulatovalarga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, ularning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

 

Yangiliklar lentasi
0