Jamiyat

Hajga kvotalar soni yana toʻrt mingtaga oshirildi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Fotobankka oʻtishMakka shahri
Makka shahri - Sputnik Oʻzbekiston
Ikki oy muddatda Musulmonlar idorasi saytida haj va umra safariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimi shakllantiriladi

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Kelasi 2018 yildan boshlab Oʻzbekiston fuqarolari uchun kichik haj ziyorati (umra) kvotasi yiliga 6 mingdan 10 mingga oshiriladi, bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida eʼlon qilindi.

Makka shahridagi ziyoratchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi
"Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda «Haj» va "Umra" tadbirlariga boradigan fuqarolar roʻyxatining xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishini hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishini taʼminlasinlar", — deyilgan hujjatda.

Shuningdek, haj va umra safarini tashkil etishda qator yangilik va imtiyozlar koʻzda tutilgan. Jumladan, "Oʻzbekiston havo yoʻllari" Milliy aviakompaniyasiga ziyoratchilar uchun aviachiptalar narxini kamaytirish vazifasi topshirildi. Ziyoratga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, ularning avvalgi manzili boʻyicha navbati saqlanib qolishi belgilandi.

Din ishlari boʻyicha qoʻmita hamda Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga joylardagi hukumat organlari bilan birgalikda haj va umra safarlariga boradigan fuqarolar roʻyxatining xolisona va ijtimoiy adolat mezonlari asosida shakllantirilishi hamda muqaddas ziyoratlarni tashkil qilishda belgilangan tartibga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash topshirildi.

Qabriston - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekiston fuqarosi Haj ziyoratiga borish oʻrniga, qabristonga darvoza qurdi
"Haj" va "Umra" tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning doimiy yashash joyi oʻzgargan taqdirda, ularning avvalgi manzili boʻyicha navbati saqlanib qolishi taʼkidlangan.

Ikki oy muddatda Musulmonlar idorasi saytida haj va umra safariga boradigan ziyoratchilarning yagona onlayn navbat tizimi shakllantiriladi.

Toshkent, Nukus va Oʻzbekistonning barcha viloyatlari markazlarida fuqarolarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazishning barcha bosqichlari markazlashtirilgan holda bitta tibbiyot muassasasida bepul amalga oshiriladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala