Hodisalar

Toshkentda voyaga yetmagan qizni zoʻrlagan shaxs qoʻlga olindi

© TSOS FSB RF / Fotobankka oʻtishJinoyatchining qoʻlga olinishi
Jinoyatchining qoʻlga olinishi - Sputnik Oʻzbekiston
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. 2017 yilning 17 iyun kuni taxminan soat 12:00larda, Dilshod Raximovich Toshmuxamedov jinsiy ehtiyojini gʻayritabiiy usulda qondirish maqsadida, Bektemir tumani hududida joylashgan xonadonida, voyaga yetmagan Munisa Farmanovani ojizligidan foydalanib, zoʻrlik ishlatib, oʻzining jinsiy ehtiyojini gʻayritabiiy usulda qondirgan, deb xabar qildi Toshkent shahar IIBB matbuot-xizmati.

Ruki v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkentda 8 yoshli qizni zoʻrlamoqchi boʻlgan pedofil qoʻlga olindi
Mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 119-moddasi 4-qismi (jinsiy ehtiyojni zoʻrlik ishlatib, gʻayritabiiy ravishda qondirish, oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan shaxsga nisbatan sodir etish) alomatlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Toshmuxamedovga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Jabrlanuvchining anketa maʼlumotlari oʻzgartirilgan boʻlib, familiyasi va ismi har qanday oʻxshashligi tasodifiy harakterga ega.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB saytida qamoqqa olingan shaxsning surati chop etilgan va shunday murojaat keltirilgan:

"Yuqoridagi shaxsning xatti-harakatidan jabr koʻrganlar boʻlsa, "102" telefon raqamiga yoki yaqin atrofdagi ichki ishlar organlariga murojaat etishi mumkin".

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala