Dunyoda

Atambayev Rossiyaga rasmiy tashrif bilan keldi

© Sputnik / Aleksey Drujinin / Fotobankka oʻtishPrezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kirgizii A. Atambayevыm
Prezident RF V. Putin vstretilsya s prezidentom Kirgizii A. Atambayevыm - Sputnik Oʻzbekiston
Tashrif davomida Qirgʻiziston prezidenti Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev bilan, Boshqirdiston rahbari Rustem Xamitov bilan Ufada hamda Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan Qozonda uchrashuvi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. kecha 19 iyun kuni Qirgʻiziston prezidenti Almazbek Atambayev Rossiyaga davlat tashrifi bilan keldi.

Tashrif davomida Atambayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin, hukumat raisi Dmitriy Medvedev bilan, Boshqirdiston rahbari Rustem Xamitov bilan Ufada hamda Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan Qozonda uchrashuvi rejalashtirilgan.

Moskvaning  Vnukovo aeroportida faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi. Ikki davlat bayroqlari koʻtarildi va madhiyalari yangradi.

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Fotobankka oʻtishMoskvada Atambayevni kutib olish
Prezident Kirgizii A. Atambayev pribыl s ofitsialnыm vizitom v RF - Sputnik Oʻzbekiston
Moskvada Atambayevni kutib olish

Shu kunning oʻzidayoq, Almazbek Atambayev Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashdi.

Shuningdek, tashrif davomida Qirgʻiziston prezidenti Rossiya hukumati rahbari Dmitriy Medvedev bilan, Boshqirdiston rahbari Rustem Xamitov bilan Ufada hamda Tatariston rahbari Rustam Minnixanov bilan Qozonda uchrashuvi rejalashtirilgan.

Atambayev tashrifi davomida Rossiyada Qirgʻiziston madaniyati kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala