Dushanbeda Ravon avtomobillari savdo markazi ochiladi

© Sputnik / Vadim ShekunRavon Gentra na Moskovskom Mejdunarodnom avtomobilnom salone
Ravon Gentra na Moskovskom Mejdunarodnom avtomobilnom salone - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Ulug‘bek Rozuqulov Tojikistonga tashrifi davomida ushbu avtomobil sotish markazini qurilishi ishlari bilan yaniqdan tanishib chiqadi.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Dushanbe shahrida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan Ravon avtomobillarini sotish bo‘yicha savdo markaz ochiladi, bu haqda Tojikiston axborot agentligi xabar berdi.

Vipusk avtomobiley na predpriyatii Djeneral Motors - Sputnik O‘zbekiston
GM Uzbekistan 2 ta yangi rusumdagi mashinalarni ishlab chiqaradi

Tojikiston hukumatidagi manba ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Bosh vaziri Ulug‘bek Rozuqulov Dushanbe shahrida ikki kunlik tashrif amalga oshiradi. Tashrif davomida bosh vazir Tojikiston hukumatining nufuzli rahbarlari bilan birgalikda Ravon avtomobillarini sotish markazi qurish ishlari bilan yaqindan tanishib chiqadilar.

Bosh vazir Ulug‘bek Rozuqulov boshchiligidagi 17ta vazirlik va idoralar rahbarlari hamda 28 biznes vakillaridan iborat delegatsiya Dushanbe shahrida iqtisodiy va moliyaviy sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi.

O‘zbekiston va Tojikiston vakillari kelgusi ikki davlat o‘rtasidagi istiqbolli masalalarni muhokama qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Tojikiston poytaxtida 21-iyun kuni O‘zbekiston va Tojikistonning 300 dan ortiq davlat tashkilotlari va tadbirkorlar ishtirokida biznes forum bo‘lib o‘tadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0