TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidentining joriy yil 20 iyundagi farmoniga koʻra, Majidov Inom Urishevich Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Sputnik muxbiri prezident farmoniga asoslanib xabar berdi.
Eslatib oʻtamiz, Majidov 2016 yil sentyabrdan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. Ungacha esa ushbu vazirlikning oliy taʼlim muassasalari bosh boshqarmasi boshligʻi boʻlgan.
Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.