Jamiyat

Oʻzbekistonda 4 oy ichida jinoyatlar soni 7,3 foizga kamaydi

© AP Photo / Mikhail MetzelUzbekskiye militsionerы
Uzbekskiye militsionerы - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Ichki ishlar organlari xodimlarining maʼlumotiga koʻra, huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni joriy etilishi tufayli jinoyatlar soni kamaymoqda.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni joriy etilgan muddat davomida jinoyatlar soni 7,3 %ga kamaydi. Bu haqda IIV Profilaktika bosh boshqarmasi tayangan holda Gazeta.uz nashri xabar qildi.

Fevral oyi boshida prezident Shavkat Mirziyoyev ichki ishlar organlari vakillari bilan yigʻilishda payshanba kunini huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni deb deb eʼlon qilishni taklif etgan edi. Oʻtgan 16 hafta davomida respublika boʻylab sodir etilgan huquqbuzarliklar soni oʻtgan yilning shu davridagi 31,8 mingtadan 29,5 mingtaga kamaydi.

Uzbekskaya militsiya na granitse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Ichki ishlar organlari qayta tashkil qilinmoqda

Oʻrtacha ogʻirlik darajasida boʻlgan jinoyatlar miqdori 5,1 %ga — 10870 tadan 10310 taga, oʻta ogʻir jinoyatlar — 11,1 foizga (1275 tadan 1134 taga), avval sudlangan shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar — 8,1 foizga (3213 tadan 2951 taga), mast holatda — 30,9 foizga (836 tadan 478 taga), jamoat joylaridagi huquqbuzarliklar — 8,76 foizga (1679 tadan 1532 taga) kamaygan.

Qotilliklar soni 19,1 foizga, bosqinchilik hujumlari 13 foizga, tovlamachilik holatlari 9,2 foizga, bezorilik 34,7 foizga va tanaga shikast yetkazish 11,2 foizga kamaygan.

«Davomat» tadbirlari davomida taʼlim muassasalarida sababsiz dars qoldirish bilan bogʻliq 37 ming holat aniqlandi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0