Jamiyat

Ota-onam shunday tarbiyalagan, deb oʻzbekistonlik yigit hamyonni egasiga qaytarib berdi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Fotobankka oʻtishKoshelek s dengami i bankovskimi kartami
Koshelek s dengami i bankovskimi kartami - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonlik yosh yigit topib olgan, ichida 100 ming rubl va bank kartalari boʻlgan hamyonni egasiga qaytarib berdi. Ushbu voqea internetda koʻplab olqishlarga sabab boʻldi.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. "Vkontakte" ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi Pavel Shapkin oʻz sahifasida ichda katta miqdorda naqd pul boʻlgan hamyonini yoʻqotib qoʻyganini va uni qanday qilib qayta topilgani haqidagi soʻzlab berdi.

Pavelning soʻzlariga koʻra, ichida 100 ming rublga yaqin pul mablagʻi va bank kartalari boʻlgan hamyonni yoʻqotib qoʻygan va hatto uni qayerda tushirib qoldirganini ham eslay olmagan. Lekin biroz vaqt oʻtib, unga bir kishi qoʻngʻiroq qilib va hamyonini topib olganini va uni qaytarib bermoqchi ekanini aytgan.

"Tasavvur qiling-a, oddiy oʻzbekistonlik yigit "ota-onam shunday tarbiyalagan" degan soʻzlar bilan hamyonimni ichidagi barcha pullari bilan qaytarib bersa", — deb yozadi Pavel oʻzining xabarida.

"Men bu holatdan juda chuqur taʼsirlandim. Shu yigitga va uning oilasi uchun bu pullar albatta ortiqcha boʻlmasdi, lekin u shunchaki, meni topib, hammasini qaytarib berdi. Bu yigitning qilgan hayrli ishini taʼriflarga til ojiz. Men hatto uning ismini soʻrashni ham esdan chiqaribman, faqat esdalik uchun tushirilgan mana shu rasm bor", deb yozgan Pavel Shapkin.

Ushbu xabar Rossiya va Oʻzbekiston ijtimoiy tarmoqlarida bir kun ichda 7 mingdan ortiq "Like" oldi va koʻplab izohlarga sabab boʻldi. Izohlarnig 99% ijobiy maʼnoda. Koʻpchilik "Ota-onagga rahmat" degan maʼnodagi soʻzlar yozib qoldirgan. 

"Yashavor bolakay, mana shunday odamlar tufayli oʻzbeklarni va oʻzbekistonliklarni chet elda koʻproq hurmat qilishadigan boʻladi", — deb yozgan Alisher Sattarov ismli foydalanuvchi.

"Imonli qilib tarbiyalagan ota- onasiga ming raxmat. Birovni mulki hech kimga yaxshilik olib kelmaydi, minggi million boʻlib chiqib ketadi" — degan Beck Fazilat.

Shu bilan birga juda koʻp foydalanuvchilar Toshkentda va Oʻzbekistonda oʻzlari yoʻqotib keyin qaytarilgan hamyonlar va qimmatbaho telefonlar haqidagi voqealarni esga olishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala