Jamiyat

Samarqandda boʻlajak mehnat migrantlari uchun tayyorlov markazi ochiladi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishUchebnыe posobiya po russkomu yazыku dlya migrantov, arxivnoye foto
Uchebnыe posobiya po russkomu yazыku dlya migrantov, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Rossiyada mehnat qilish uchun Oʻzbekiston fuqarolarini tashkiliy ravishda ishga yollash shartnomasiga koʻra, Samarqandda mehnat migrantlari uchun tayyorlov markazi tashkil qilish jarayoni boshlandi.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Mehnat vazirligida Rossiyaning Sankt-Peterburg hukumati delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Oʻzbekiston mehnat vaziri Aziz Abduhakimov tashkil qilinayotgan markazda boʻlajak mehnat migrantlari  kerakli hujjatlarni olish uchun barcha sharoitlar tashkil qilingan boʻlishi kerakligini taʼkidladi. Sankt-Peterburg Mehnat va bandlik qoʻmitasi raisi Dmitriy Cherneyko ham migrantlar ona vatanida kompleks imtihonga tayyorgarlik va boshqa barcha kerakli protseduralardan oʻz ona vatanlarida oʻtishlari kerakligini tasdiqladi.

Uchrashuvda maʼlum boʻlishicha, tomonlar boʻlajak mehnat migrantlari uchun kompleks imtihonlarni respublika hududida oʻtkazishni rejalashtirmoqda.

Undan tashqari ikki mamlakat vakillari, Oʻzbekiston va Rossiya orasida imzolangan, Oʻzbekiston fuqarolarini tashkillashgan tartibda Rossiyaga ishga qabul qilish haqidagi shartnomani amalga oshirishni tezlashtirish niyatida ekanliklarini bildirishdi. Xususan, yuqoridagi shartnomaga asosan, Rossiyada ishga joylashish uchun kerak boʻladigan, rus tilidan imtihon va tibbiy sugʻurta olish jarayonlarini Oʻzbekistonda tashkil qilish masalalari muhokama qilindi.

Tsentr sodeystviya migrantam - Sputnik Oʻzbekiston
Migratsiya
Sankt-Peterburgda ishlash uchun patentni Oʻzbekistonning oʻzida olish mumkin boʻladi

Ushbu ishlarni amalga oshirish mehnat migrantlari faoliyatini qonuniylashtirish, ularni mavjud boʻlgan sanitar-gigiyenik normalarga aosoan yashash joyi bilan taʼminlash, mehnat muhofazasi va mehnat haqi toʻlovlarini va boshqa ijtimoiy huquqlarini kafolatlash imkonini yaratadi.

Sankt-Peterburg  delegatsiyasi tashrif  dasturida Oʻzbekistonning bir qator muassasalarida uchrashuvlar belgilangan. Shuningdek, Samarqand va Buxoro viloyatlariga tashrif buyurish va Samarqanddagi boʻlajak mehnat migrantlarini tayyorlov markzi tashkil qilish borasidagi shart-sharoitlar bilan tanishish moʻljallangan.

Eslatib oʻtamiz, may oyining boshida Oʻzbekiston va Rossiya vakillari Samarqandda Sankt-Peterburg "Mehnat resurslari markazining" vakolatxonasini ochish haqida kelishib olishgani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala