Jamiyat

Savdo-sanoat palatasiga yangi rais tayinlandi

© Gabriela Sabau / judo.uzAdxam Ikramov
Adxam Ikramov - Sputnik Oʻzbekiston
Bugun boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyida muassasaga yangi rahbar tayinlandi.

TOSHKENT, 20 iyun – Sputnik. Bugun Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyi boʻlib oʻtdi, deb xabar qilmoqda muassasaning Facebookdagi rasmiy sahifasi.

Qurultoyda Savdo-sanoat palataga yangi rahbar tayinlandi.

“Shayxov Alisher Erkinovich boshka ishga utishlari munosabati bilan Uzbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi etib Ikramov Adxam Ilxamovich tayinlandi”, — deyilgan xabarda.

Undan tashqari, qurultoyda Oʻzbekiston prezidentining 5087-sonli“Tadbirkorlik faoliyati rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash va biznesning qonuniy manfaatlarini muhofaza qilish tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni, 3068-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarorining mazmun mohiyati, Savdo-sanoat palatasi nizomiga kiritilishi kerak boʻlgan oʻzgarishlar koʻrib chiqildi.

Savdo-sanoat palatasining navbatdan tashqari qurultoyi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala