Jamiyat

Yangi haydovchilik guvohnomalari elektron chip bilan jihozlanadi

© Lex.uzVoditelskoye udostovereniye - ID-karta
Voditelskoye udostovereniye - ID-karta - Sputnik Oʻzbekiston
Yangi haydovchilik guvohnomasi 1968 yilda qabul qilingan Xalqaro Vena konventsiyasi talablariga javob beradigan boʻladi. Shuningdek haydovchilik guvohnomasi bir vaqtning oʻzida shaxsni aniqlash imkonini beruvchi ID-karta vazifasini oʻtaydi.

TOSHKENT, 20 iyun — Sputnik. Oʻzbekistonda ushbu yilning noyabr oyida berilishi boshlanadigan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari shaxsni tasdiqlovchi hujjat maqomga ega boʻldi. Yaʼni ular xorijda foydalaniladigan ID-kartalarga oʻxshash boʻladi.  Bu haqida kecha 19 iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda aytilishicha, yangi guvohnoma plastikdan tayyorlangan boʻlib 54mm x 86mm (bank plastik kartasi) razmerida boʻladi. Haydovchilik guvohnomalari maxsus elektron elektron chip — NFC smart-kart bilan jihozlangan boʻlib, u jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JSH SHIR) hamda qurilmalar oʻrtasida kontaktsiz maʼlumotlar almashish imkonini beradi.

Eski namunadagi haydovchilik gvohnomasini almashtirish uchun haydjvchilar 2017 yilning 1 oktyabridan 2018 yilning 31 dekabriga qadar yozma ariza bilan murojaat qilishlari kerak boʻladi. Yangi namunadagi guvohnoma olish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda talon taqdim etish kerak boʻladi.Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi berilgan kunidan boshlab 10 yil muddatga amal qiladi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021 yilning 1 yanvaridan oʻz kuchini yoʻqotadi.

© lex.uzHaydovchilik guvohnomasi - orqa tomoni
Voditelskoye udostvereniye - ID karta - Sputnik Oʻzbekiston
Haydovchilik guvohnomasi - orqa tomoni

Undan tashqari Oʻzbekistonda avtotransport bilan bogʻliq boshqa hujjatlar ham 2021 yilga qadar elektron koʻrinishga oʻtkazilib ularning qogʻoz shaklini majburiy rasmiylashtirish bekor qilinadi.

Xususan, avtotransportga egalik qilish yoki undan foydalanish uchun ishonchnoma, avtomobil texnik koʻrikdan oʻtganlik toʻgʻrisidagi maʼlumotlar,  fuqarolik majburiyati sugʻurta polisi kabi hujjatlar 2021 yilga qadar bosqichma-bosqich elektron shaklga oʻtkaziladi.

Yangi tizimni Ichki ishlar organlari tizimida joriy etish bilan Oʻzbekiston Respublikasi IIV qoshidagi "Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmati koʻrsatish markazi" shugʻullanadi. Markaz, shuningdek, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtomototransport vositasi roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqidagi guvohnomani hamda ichki ishlar organlari faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga zarur hujjatlarni yigʻish va tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala