Ijtimoiy tarmoqlarda Abdulla Oripov haykali namunasi paydo boʻldi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali loyihasi bilan tanishgan edi

TOSHKENT, 21 iyun — Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston qahramoni Abdulla Oripov haykalining ilk namunasi paydo boʻldi.

Abdulla Oripov haykali namunasi surati bilan Feysbuk ijtimoiy tarmogʻida Keldiyor Xoʻjayorov oʻrtoqlashgan.Internet foydalanuvchilari hali oxiriga yetkazilmagan haykal haqida oʻz fiklarini bildirishni boshladilar.

Jumladan, Rustam Mamatxonov haykalning juda chiroyli chiqayotgani haqida fikr bildirgan.

"Abdulla akani joylari jannatdan boʻlsin, haykallari yaxshi chiqyapti nazarimda", — deb yozib qoldirgan Farhod Jabborov.

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida Oʻzbekiston xalq shoiri, Oʻzbekiston Qahramoni Abdulla Oripov haykali loyihasi bilan tanishgan edi.

Davlat rahbari haykal loyihasini takomillashtirish, bu yerda Abdulla Oripov nomidagi maktab va uning ijodiga bagʻishlangan muzey tashkil etish zarurligini taʼkidlagandi.

2016 yilning 5 noyabr kuni ogʻir xastalik tufayli 75 yoshida vafot etgan Abdulla Oripovning haykali Qarshi shahridagi Oʻzbekiston koʻchasida qad rostlaydi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala