BMT Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilikni oldini olish bo‘yicha hisobot tayyorladi

Zasuxa
Zasuxa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti (FAO) Markaziy Osiyo va Turkiya hududida qurg‘oqchilik masalalarni o‘rganish maqsadida maxsus tadqiqot o‘tkazdi

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Markaziy Osiyo va Turkiya hududlarida qurg‘oqchilikni oldini olish bo‘yicha hisobot tayyorlandi. Bu haqda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti xabar berdi.

Tashkentskoe more ili pritagatelniy Charvak - Sputnik O‘zbekiston
Alixonov: O‘zbekiston transchegaraviy suvlardan adolatli foydalanish tarafdori

BMT mutaxassislari tomonidan 6 ta davlat (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Turkmaniston va O‘zbekiston) hududlarida tadqiqot o‘tkazilib, tegishli hisobot tayyorlandi.

Hisobotda Markaziy Osiyoda qurg‘oqchilik muammolari, uning kelib chiqish sabablari hamda bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar bayon etilgan.

Mutaxassislar qurg‘oqchilik kuchayib ketishi oqibatida Markaziy Osiyo qishloq xo‘jaligi va aholi farovonligiga tahdid solayotganini ta’kidlaganlar.

Jumladan, Markaziy Osiyo davlatlarida asosan tog‘lar bilan o‘ralgan cho‘l va sahrolardan iborat hududda 65 mln aholi istiqomat qiladi. Suvlar asosan tog‘larda qor erishi natijasida hosil bo‘ladi. Ayniqsa yoz mavsumi jaziramasi tufayli qurg‘oqchilik xavfi kuchayadi.

Markaziy Osiyo davlatlar hududi orqali daryo suvlari Orol dengiziga quyiladi. Lekin Orol dengizining suv darajasi 18 metrga pasayib, suv miqdori esa 5 baravar kamaydi. Buning oqibatida atrofdagi yerlar sho‘rlanib, hududning fauna, flora va inson sog‘lig‘iga keskin ta’sir ko‘rsatgan ekologik ofat yuzaga keldi. Orol dengizi muammosini Markaziy Osiyo davlatlari hamkorlikda mintaqaviy miqyosda hal qilish zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, 2001-yilda kuchli jazirama va uzoq muddat davom etgan qurg‘oqchilik paytida yog‘ingarchiliklar 60 foizga kam yog‘di. Buning oqibatida darolar suvi 3 baravarga kamaydi. O‘sha vaqtda aholining oziq-ovqat ta’minoti va yashash sharoitlari yomonlashdi. Qishloq xo‘jaligi ayrim sohalari 80 foizgacha daromad yo‘qotdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Sardoba suv ombori xalq uchun qo‘shimcha daromad manbai ekanligini aytdi

Shu bilan birga, Markaziy Osiyo davlatlarda markaziy suv ta’minoti tizimi infratuzilmasi eskirib, ishdan chiqmoqda. Ularni ta’mirlash uchun zarur jihozlar mavjud emas.

BMT mutaxassislari tomonidan Markaziy Osiyo davlatlari transchegaraviy suvlardan adolatli foydalanish, darolar suvlarini asrab-avaylash borasida mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish, qurg‘oqchilikni oldini olish uchun mamlakatlarning iqtisodiy va ekologik hususiyatlardan kelib chiqqan holda yagona siyosatni amalga oshirish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jalik tashkiloti qurqoqchilikni oldini olish bo‘yicha Markaziy Osiyo har bir davlati uchun alohida tavsiyalarni ishlab chiqdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0