To‘lanmagan jarimalar bo‘yicha ayollar erkaklardan o‘zib ketdi

© Sputnik / Sergey Patakov / Mediabankka o‘tishAvtomobilchi ayol
Avtomobilchi ayol - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
IIV e’lon qilgan 215 nafar ashaddiy qoidabuzarlar ro‘yxatining birinchi uch qatorini Spark haydovchi ayollar egallagan.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. IIV ko‘p marotaba YHX qoidalarini buzgan va jarimadan to‘lashdan bosh tortuvchilar ro‘yxatini e’lon qildi. Unga 215 nafar ashaddiy qoidabuzar jismoniy shaxslar kiritilgan.

Qizig‘i shundaki, ro‘yxatning birinchi uch qatorini avtomobilchi ayollar egallagan. Birinchi o‘rinda — Kamalova ismli Spark haydovchisi bo‘lib u 23ta jarima uchun qarzdor. Ikkinchi o‘rinda — 20 marotaba jarimaga tortilgan Sadikova ismli yana bir Spark haydovchisi. Uchinchi o‘rinda esa 17-marta jarimaga tortilgan  — Qurbonova ismli Spark haydovchisi.

IIV xabariga ko‘ra, erkaklar bu borada ayollardan orqaga qolgan  Arxarov va Malishev ismli Matiz va GAZ-31029 avtomashinalari egalari to‘rtinchi va beshinchi qatorlarni egallashgan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning 15-martidan boshlab Toshkentning 115 chorrahasida YHX qoidalarini buzish holatlarini foto va videoqayd qilish kameralari ishga tushgan edi.

Yangiliklar lentasi
0