Ostona Sammiti yakunlari Toshkentda muhokama qilindi

© AFP / MARK RALSTONFlagi stran-uchastnis ShOS
Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xalqaro Press klub yig‘ilishida Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti yakunlari, O‘zbekistoning tashqi siyosati buyicha dolzarb masalalari muhokama qilindi

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. 2017-yil 21-iyun kuni Xalqaro Press klubda Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti yakunlari, O‘zbekistoning tashqi siyosati buyicha dolzarb masalalarga bag‘ishlagan anjuman bo‘lib o‘tdi, Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Sessiyada Oliy majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, Xalqaro Press klub Jamoatchilik kengashi raisi Sodiq Safoyev, Senatning xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi raisi Alisher Qurmanov hamda Shanxay hamkorlik tashkilotining hududiy aksilteror tuzilmasi direktori Yevgeniy Sisoyevlar spiker sifatida qatnashdilar. Shuningdek, anjumanda Oliy Majlis senatorlari, turli vazirliklar vakillari, ekpertlar hamda mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdilar.

Zasedanie soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Hindiston va Pokiston ShHTga qabul qilindi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8-9 iyun kunlari ShHT sammiti doirasida Ostona shahriga qilgan tashrifi davomida ShHTga a’zo bir qator davlat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Jumladan, Prezident Shavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublika bosh vaziri Navoz Sharif, Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Ashraf G‘ani, Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi va Ispaniya qiroli Filip VIlar bilan ikki tomonlama hamkorlikning turli yo‘nalishlarida muzokaralar o‘tkazdi.

ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining tor doiradagi yig‘ilishlarida ishtirokchilar o‘zaro savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy-madaniy, transport va gumanitar sohalardagi aloqalarining mustahkamlashga qaratilgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildilar. Tashkilotning 2025-yilgacha ishlab chiqilgan rivojlanish strategiyasi doirasidagi 2016-2020 yillarga mo‘ljaallangan harakatlar rejasining bajarilishi hamda ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida turizm sohasining rivojlanishiga alohida urg‘u berildi.

Vstrecha Nursultana Nazarabayeva i Shavkata Mirziyoyeva v Kazaxstane - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev ShHT sammiti ochilish marosimida Mirziyoyevga muvaffaqiyat tiladi

ShHT sammiti doirasida yana e’tiborga molik hodisa, tashkilotga yangi rasmiy ikki davlat — Hindiston va Pokiston Respublikalari qabul qilinib, ushbu davlatlarning bayroqlari ShHT shtab-kvartirasi oldida ko‘tarildi. Sammitning kengaytirilgan yig‘ilishidagi nutqida O‘zbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyev Afg‘onistondagi vaziyatning barqarorlashi mintaqada havfsizlik va barqarorlikning asosiy garovi ekanligini alohida ta’kidladi. Shuningdek, tashkilotga a’zo davlatlarining temir yo‘l sohasi rahbarlari o‘rtasida tez-tez muzokaralar tashkil etilishi ShHT mamlakatlari o‘rtasidagi transport aloqalarining rivojlanishiga xizmat qilishini ta’kidladi.

Sammit yakunlariga ko‘ra, Ostona deklaratsiyasi qabul qilindi. Ushbu deklaratsiya ShHT davlatlaring turli sohalardagi amaliy hamkorligini yanada rivojlantirish va hamkorligini mustahkamlashni huquqiy asosi bo‘lib xizmat qiladi. Shu kunning o‘zida prezident Shavkat Mirziyoyev Ostona EKSPO-2017 ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimida ham ishtirok etdi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0