"Paxtakor"ga Shota Arveladze bosh murabbiy bo‘ladi

© AP Photo / Dmitri LovetskyShota Arveladze
Shota Arveladze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Paxtakor” jamoasi ushbu tayinlov haqida 23-iyun juma kuni bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan matbuot anjumanida rasman e’lon qilishni rejalashtirilgan.

TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. “Paxtakor”  futbol klubi rahbariyati bir necha bor murabbiy almashtirganidan keyin sobiq Gruziya hujumchisi Shota Arveladzeni murabbiy sifatida tanladi, deb xabar qilmoqda klubning rasmiy sahifasi. Yangi murabbiy nomi rasman 23-iyun juma kuni “Paxtakor” stadionida e’lon qilinadi.

Oxirgi yillarda Respublikaning eng mashhur futbol klubining o‘yinlarini muvaffaqiyatli deyish qiyin.  Ayni damda jamoa Respublika chempionatida 21 ochko bilan 5 o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi yil davomida “Paxtakor” uchun bu ikkinchi murabbiy almashtirish bo‘ladi. Aprel oyida Grigoriy Kolosovskiyni o‘rniga Ravshan Haydarov kelgan edi.

Shota Arveladze — Gruziya tarixida eng yaxshi futbolchi hisoblanadi. Futbolchi "Martve", "Dinamo" Tibilisi, "Trabzonspor", "Ayaks", "Reyndjers", AZ  va "Levante" jamo alari uchun to‘p surgan.  Arveladze uch marotaba Gruziyaning eng yaxshi o‘yinchisi unvonini olgan va mamlakat terma jamoasi tarkibida 26 ta gol o‘rib, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha rekord o‘rnatgan. Futbolchi 2008-yildan boshlab  murabbiylik qila boshlagan edi.

© AP Photo / Ariel SchalitShota Arveladze
Shota Arveladze - Sputnik O‘zbekiston
Shota Arveladze
Yangiliklar lentasi
0