Analitika

Eksportga yoʻl ochilishi narx-navoga taʼsir koʻrsatadimi? - ekspert fikri

© PixabayBozordagi rastalar
Bozordagi rastalar - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti yaqinda fermerlarga jahon bozorlariga yoʻl ochdi. Bu xabarni kimdir xursandchilik bilan qarshi olgan boʻlsa, "narx-navo yana osharkan-da", deb fikr bildirganlar ham topildi

TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik, Dilshoda Rahmatova. "Bozorda meva-sabzavot qimmatlashishi mumkinmi?", degan savol bugun barchani oʻylantirmoqda.

Buxorolik fermerlar mahsulotlari - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
1 iyuldan dehqon va fermerlarga oʻz mahsulotlarini eksport qilish huquqi berildi
Mahalliy iqtisodchilardan biri Mirzo Subxanov yangi qaror mamlakat iqtisodiyotiga qanday taʼsir koʻrsatishi mumkinligi borasida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi.

"Bu qaror birinchi navbatda monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirishga qaratilganligini alohida aytib oʻtish kerak", — deb taʼkidladi u. Mutaxassis har qanday iktisodiy tizimda bozordagi raqobat — mahsulotlar xilma-xilligi, ular sifatining oshishi hamda umumiy narxlarning pasayishiga olib kelishini qoʻshimcha qildi.

Iqtisodchining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekistondagi ishga layoqatli aholining 60 %i qishloq xoʻjaligida faoliyat olib boradi. Shu bois, bu qaror, birinchi navbatda qishlok xoʻjaligida band aholi daromadlarini oshishini nazarda tutadi.

Bundan tashqari bundan buyogʻiga yangi ish oʻrinlarining yaratilishi va qishloq xoʻjaligi infratuzilmasining yanada rivojlanishini kutish mumkin.

"Oʻtgan yillarda qishlok xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilishga mavjud boʻlgan taʼqiq va fermer xoʻjaliklarning bir turdagi mahsulotni koʻp miqdorda yetishtirishlari tufayli baʼzi qishlok xoʻjalik maxsulotlarining narxi keskin pasayganligi hamda ularning sotilmasdan tashlab yuborilganiga ham guvoh boʻldik. Albatta, narxlarning keskin past darajada boʻlishining salbiy tomonlari juda koʻp. Past narxlar evaziga mahsulot yetishtiruvchilar katta miqdorda zarar bilan chiqadilar. Bu esa mahsulot kelajakda bozordan yoʻq boʻlishiga va narxning aksincha keskin oʻsib ketishiga olib keladi", — dedi Subxanov.

Ekspert, bunga shu kechayu-kunduzdagi ahvolni misol keltirdi. "Bugungi kunda ichki bozordagi kartoshka narxining keskin oshib ketishiga sabab ham ikki-uch yil oldin kartoshka narxining 250 soʻmgacha (hozirgi bozor narxidan 10 baravar past) keskin tushib ketgani sabab boʻlgan. Narxlarning pasayib ketishi tufayli koʻpgina fermerlar kartoshka yetishtirishdan voz kechdi va bu mahsulotning keskin kamayishi va qimmatlashishiga olib keldi", — dedi u.

Torgovlya na optovo-roznichnom rыnke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev kartoshka taqchilligini bartaraf etish boʻyicha koʻrsatma berdi
Iqtisodchi shuningdek, qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga qaratilgan boshqa Davlat qaror va farmonlariga ham alohida toʻxtalib oʻtdi. U oʻtgan yili katta fermerlarning suvli yerlari, 5-10 gektarlik, nisbatan kichik fermer xoʻjaliklarga boʻlinganligi, yerlardan yanada unumli foydalanilishiga olib kelganini taʼkidladi.

"Qishloq xoʻjalik maxsulotlari eksportining kengaytirilishi qishloq xoʻjaligi yanada rivojlanishida, yangi ish oʻrinlarining paydo boʻlishida va ichki bozordagi narxlarning meʼyoriy darajada turishida juda katta axamiyatga ega", — deb oʻz fikriga yakun yasadi Subxanov.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala