Hayit namozini o‘qish vaqti e’lon qilindi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy / Mediabankka o‘tishPrazdnovanie Uraza-bayrama v Moskve
Prazdnovanie Uraza-bayrama v Moskve - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xabarda aytilishiga ko‘ra, Toshkent shahridagi masjidlarda Hayit namozi soat 05:05da o‘qiladi, boshqa viloyatlarda hududlardagi masjidlar tomonidan alohida e’lon qilinadi.

TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Musulmonlar idorasi Toshkent shahrida 26-iyun kuni o‘qiladigan Hayit namozi vaqtini e’lon qildi.

"Toshkent shahridagi masjidlarda hayit namozi 2017-yil 26-iyun, dushanba kuni ertalabki soat 05:05da o‘qiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda esa taqvimdagi vaqt tafovutlari asosida hududlardagi masjidlar tomonidan e’lon qilinadi", — deyilgan xabarda.

Shuningdek, xabarda Hayit namozini qanday o‘qish haqida kichik videolavha ham taqdim etilgan.

Yangiliklar lentasi
0