Jamiyat

Munajjimlar avgustda SSSR qayta birlashishini bashorat qilmoqda

© Sputnik BelarusAstrolog Vasilina Mitskevich
Astrolog Vasilina Mitskevich - Sputnik Oʻzbekiston
"Kelajak 18 yil davomida biz Sovet Ittifoqiga oʻxshash birlashmaga qaytishimiz mumkin. Uning nomi boshqacha boʻladi albatta", - dedi munajjim.

TOSHKENT, 23 iyun — Sputnik. Belorussiyalik munajjim Vasilina Mitskevich iyul va avgust oyida sobiq SSSR mamlakatlari hayotida yuz berishi mumkin boʻlgan muhim voqealar haqida soʻzlab berdi, Sputnik Belarus xabariga asosan.

Munajjim Vasilina Mitskevich aytishiga qaraganda, 21 avgustda boshlanadigan quyosh tutilishi nafaqat bir necha tabiiy ofatlarga, balkim yangi siyosiy bloklar va ittifoqlar tashkil boʻlishiga olib kelishi mumkin ekan.

"Sovet Ittifoqi tarqalishi natijasida paydo boʻlgan mamlakatlar yana qayta birlashishi mumkin. Ularning soni 3 karrali boʻladi, yaʼni 3, 6, 9, yoki 12 ta. Ushbu quyosh tutilishi 18 yil davom etadi. Ushbu muddat davomida biz Sovet Ittifoqiga oʻxshash birlashmaga qaytishimiz mumkin. Uning nomi boshqacha boʻladi albatta", — dedi munajjim.

Mitsikevichning soʻzlariga qaraganda, bir necha yil oldin yulduzlarning maʼlum tartibda joylashishi Sovet Ittifoqi rivojlanishini toʻxtatib qoʻygan edi. Bu yil yozda ushbu vaziyatga barham beriladi va Yupiter Saturn atrofida halqa qilishda davom etadi.

Astrolog rasskazala o gryaduщem zatmenii i yego vozmojnыx posledstviyax
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala