Jamiyat

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari tayinlandi

Oʻzbekiston prezidentining qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari tayinlandi

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi, deb xabar qilindi Oʻzbekiston prezidenti rasmiy saytida.

"Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi PQ-3081-son qaroriga muvofiq Nabiyev Dilmurod Xamidullayevich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi", deyilgan xabar matnida.

Eslatib oʻtamiz, ilgariroq prezident farmoniga koʻra, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimiga Majidov Inom Urishevich tayinlangan edi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala