Hodisalar

Qozogʻistonda halok boʻlgan fuqarolar jasadi maxsus aviabortda vatanga qaytariladi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Fotobankka oʻtishSamolet Tu-154
Samolet Tu-154 - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi Elchixonasi konsullik boʻlimi xodimlari Qozogʻistondagi avariyada jabrlanganlarga konsullik va huquqiy yordam koʻrsatadilar

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. 2017 yilning 23-iyun kuni Oʻzbekistonning Qozogʻistondagi Elchixonasi konsullik boʻlimi xodimlari Aktobe viloyati Aytekebi tumani Karabutak posyolkasi yaqinida yuz bergan yoʻl-transport hodisasi munosabati bilan Oʻzbekiston fuqarolariga konsullik va huquqiy yordam koʻrsatish va mavjud masalalarni tezda hal qilish uchun Aktobe shahriga yetib bordi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Avariya s avtobusov v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qozogʻistonda YTHda halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari roʻyxati
"Mamlakatimiz rahbariyatining topshirigʻiga binoan Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan birgalikda jabrlanganlarni va halok boʻlgan fuqarolarimiz jasadlarini vatanga qaytarish uchun FVVning maxsus aviabortini Aktobe shahriga yuborish bilan bogʻliq tashkiliy masalalarni Qozogʻistonning aviatsiya idoralari bilan tezda hal qilish choralarini koʻrmoqda", deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, 2017 yilning 22 iyunida Aktyube viloyatining Aytekebiy tumani Karabutak posyolkasidan 20 km masofada, Samara — Chimkent trassasining 946 kilometrida, soat 10:20 da YTH sodir boʻldi. Ichida 50 nafar Oʻzbekiston fuqarosi va 2 nafar Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan ikki qavatli Mercedes avtobusining dumalab ketgan.

Maʼlumotlarga koʻra 9 kishi qurbon boʻlgan. 18 kishi turli ogʻirlikdagi jarohatlar olgan, ulardan 17 nafari Oʻzbekiston va 1 kishi — Qozogʻiston fuqarosi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala