Hodisalar

Oʻzbekiston rahbariyati avariyada halok boʻlganlar oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi

© Sputnik / Vladimir Sergeyev / Fotobankka oʻtishGullar
Gullar - Sputnik Oʻzbekiston
Barcha jabrlanganlar va halok boʻlganlarning jasadlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi maxsus aviabortida vatanga qaytariladi

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston rahbariyati avariyada halok boʻlganlar oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Tashqi ishlar mahkamasi axborot-xizmati.

Samolet Tu-154 - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻistonda halok boʻlgan fuqarolar jasadi maxsus aviabortda vatanga qaytariladi
"2017-yil 22 iyun kuni soat 10.22 da Qozogʻiston Respublikasi Oqtoʻba viloyatining Aytekebi tumanidagi Qorabutak posyolkasidan 20 kilometr masofada Samara — Chimkent avtomobil yoʻlining 946-kilometrida Volgograd (Rossiya) — Chimkent (Qozogʻiston) yoʻnalishi boʻylab harakatlanayotgan ikki qavatli "Mersedes" rusumli yoʻlovchi avtobusi (davlat raqami N 011 LMM) agʻdarilib ketgan. Avtobusda jami 52 kishi — 50 nafar Oʻzbekiston fuqarosi va 2 nafar Qozogʻiston fuqarosi boʻlgan.

Ushbu yoʻl-transport hodisasi oqibatida 9 kishi (barchasi Oʻzbekiston fuqarosi) halok boʻlgan, 18 kishi jarohat olgan (17 nafari Oʻzbekiston fuqarosi, ularning 5 nafari Oqtoʻba viloyatining Aytekebi tumani markaziy shifoxonasiga yotqizilgan).

Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi jabrlanganlarning ahvoli va ushbu hodisa bilan bogʻliq boshqa masalalar haqida maʼlumot olish uchun bevosita telefon aloqasi tashkil qildi", deyilgan TIV xabarida.

Taʼkidlanishicha, halok boʻlganlarning jasadini Oʻzbekiston Respublikasiga olib kelish uchun Oqtoʻba shahriga maxsus samolyot yuborilgan.

"Oʻzbekiston Respublikasi rahbariyati halok boʻlganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi", — deyiladi xabarda.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala