Hodisalar

Shavkat Mirziyoyev Pokiston xalqiga chuqur taʼziya izhor qildi

© Sputnik / StringerPokiston bayrogʻi
Pokiston bayrogʻi - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Pokistonning uchta shahrida yuz bergan mudhish terrorchilik hurujlari tufayli Pokiston rahbariga oʻz hamdardligini bildirdi

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pokiston prezidenti Mamnun Husaynga hamdardlik bildirdi, deb xabar qildi Oʻzbekiston TIV matbuot-xizmati.

Makkadagi ziyoratchilar - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Makkaga xudkush-terrorchi hujum uyushtirmoqchi boʻldi
Pokiston rahbariga yoʻllangan maktubda shunday deyilgan: "Pokistonning Parachinar, Kvetta va Karachi shaharlarida yuz bergan terrorchilik hurujlari oqibatida koʻplab begunoh insonlarning qurbon boʻlgani va ogʻir jarohat olgani toʻgʻrisidagi xabar bizni qattiq qaygʻuga soldi.

Mazkur jirkanch hodisalarning butun islom ummati uchun muqaddas boʻlgan Ramazon oyida va muborak Iyd-al-Fitr ayyyomi arafasida sodir etilgani barchamizni tashkishga soladi va Oʻzbekiston bunday yovuz xatti-harakatlarni keskin qoralaydi.

Ushbu musibatli damlarda Siz Janobi Oliylari va birodar Pokiston xalqiga chuqur taʼziya izhor etib, halok boʻlganlar hamda jarohat olganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik tuygʻularimizni yetkazib qoʻyishingizni soʻraymiz".

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala