Hodisalar

Qozogʻistonda YTHda halok boʻlgan fuqarolarning dafn marosimini oʻtkazishda yordam koʻrsatiladi

© Sputnik / Aleksey Nasыrov / Fotobankka oʻtishGul
Gul - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻistonda avariyaga uchragan fuqarolar Oʻzbekistonga olib kelindi

TOSHKENT, 24 iyun — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining 9 nafar vafot etgan, 7 nafar jabrlangan hamda qolgan 31 nafar fuqarolari Aktoʻbe shahar aeroportidan Toshkent shahriga soat 11.40 da olib kelindi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Gullar - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Oʻzbekiston rahbariyati avariyada halok boʻlganlar oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi
Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasining maʼlumotiga koʻra, 2017 yilning 22 iyun kuni soat 10.20da Aktoʻbe viloyatida "Volgograd — Chimkent" yoʻnalishida "Mersedes" rusumli avtobusi yoʻl-transport hodisasiga uchragan.

Avtobusda jami 52 nafar yoʻlovchi boʻlib, ulardan 50 nafari Oʻzbekiston Respublikasi, 2 nafari Qozogʻiston Respublikasi fuqarlari boʻlgan. Yoʻl-transport hodisasi oqibatida Oʻzbekiston Respublikasining 9 nafar fuqarosi vafot etgan, 7 nafar fuqarosi jabrlanib, Aytikeb tumani shifoxonasiga yotqizilgan. Voqea joyida 10 nafar fuqaroga birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan. 21 nafar fuqaro YTGʻ oqibatida jabrlanmagan.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tasarrufidagi maxsus harbiy transport samolyoti joriy yilning 23 iyun kuni soat 19.30 da Nukus shahridan jabrlangan va vafot egan fuqarolarni olib kelish maqsadida Qozogʻiston Respublikasi Aktoʻbe shahriga uchib ketgan hamda shu kuni soat soat 23.00da Aktoʻbe shahar aeroportiga qoʻngan.

Vafot etgan fuqaro M.Ergashev "Xunday" rusumli maxsus tibbiy avtomashinasida Jizzax viloyatiga olib boriladi.

Vafot etgan fuqaro T. Djumayev "Oʻzbekiston havo yoʻllari" aviakompaniyasi koʻmagida Surxondaryo viloyati Termiz shahar aeroportiga olib boriladi.

Avariya s avtobusov v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Qozogʻistonda YTHda halok boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari roʻyxati
Vafot etgan 7 nafar fuqarolar 24 iyun kuni soat 12.40 da Mudofaa vazirligining samolyotida Fargʻona shahar aeroportiga olib kelinib, Namangan, Andijon, Fargʻona viloyatlarida istiqomat qiluvchi yaqinlariga topshiriladi.

Mahalliy hokimiyat organlari tomonidan dafn marosimlarini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha yordam koʻrsatiladi, deyilgan xabarda.

YTH oqibatida jabrlangan fuqarolar, zaruriy tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalariga joylashtiriladi.

Qolgan fuqarolarga doimiy yashash joylariga yetib borishlari uchun amaliy yordam koʻrsatiladi.

Bizning Telegramdagi oʻzbekcha kanalimizga obuna boʻling va eng yangi xabarlarni birinchi boʻlib oʻqing.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala