Markaziy bank qayta moliyalash stavkasini 14 % gacha ko‘tardi

© Baxodir MamadjanovO‘zbekiston Markaziy banki
O‘zbekiston Markaziy banki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur qarorning qabul qilinishi joriy yilning o‘tgan davrida inflyatsiya sur’atlarining tezlashishi hamda inflyatsion xatarlarning ortishini cheklash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlanadi

TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. Markaziy bank Boshqaruvining pul-kredit siyosati chora-tadbirlarining iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlashdagi samaradorligini muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilishi yakuni bo‘yicha joriy yilning 28-iyun kunidan qayta moliyalash stavkasini yillik 14 foizgacha ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi, deb xabar qildi Markaziy bank matbuot-xizmati.

"Mazkur qarorning qabul qilinishi joriy yilning o‘tgan davrida inflyatsiya sur’atlarining tezlashishi hamda inflyatsion xatarlarning ortishini cheklash bo‘yicha choralarni kuchaytirish zaruriyatining yuzaga kelganligi bilan izohlanadi", — deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, inflyatsiya darajasiga narxlarning mavsumiy o‘zgarishi hamda taklif omillari bilan bir qatorda iqtisodiyotni kreditlash hamda milliy valyuta devalvatsiyasining o‘tgan yilga nisbatan yuqoriroq sur’atlarda oshib borishi ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi.

Iste’mol bozorida narxlar barqarorligi va inflyatsion xatarlarning pasayishiga erishilishi bilan qayta moliyalash stavkasi qayta ko‘rib chiqilib, pasaytirib borilishi ma’lum qilingan.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0